Загрузка страницы

Bolam talvasaga tushib qoldi! Febril talvasa xurujlari

«Kenjam kindik o`qiga o`ralib tug`ilgan. Shifokorlar bolani shamollatmang, harorati ko`tarilsa, talvasaga tushib qolishi mumkin, deb ogohlantirishgandi. Ikki hafta oldin tomog`i og`rib, birdan tana harorati ko`tarildi-yu, kutilmaganda talvasaga tushib qoldi. Juda qo`rqib ketdim... Nahot bu tug`ruq asoratidan bo`lsa?»

Bolalarda asosan qisqa talvasa kuzatilib, odatda talvasasiz yoki kamroq talvasali ko`rinishlarda o`tadi. Bolalarda talvasa xurujini keltirib chiqaruvchi omillar:

Xomiladorlikning og`ir o`tganligi (kechki toksikoz, kamqonlik, onaning infeksion kasalliklar bilan og`rishi, qo`g`anoq suvining ifloslanishi);
Tug`ruqning qiyin kechgani (xomila tug`ruq yo`llarida turib qolishi, bolada kislorod etishmasligi yuz bergan bo`lsa);
Go`dakda kalla ichki bosimining ortishi (cherepnoy);
Bolaning infeksion kasalliklar bilan xastalanishi;
Markaziy asab tizimining me`yorida rivojlanmagani;
Gemolitik xastalik asoratida kelib chiquvchi talvasa xuruji;
Asfiksiya bilan tug`ilish asoratida yuzaga keladigan xurujlar uchrab turadi.
Gohida talvasa xurujlari 2-3 yoshdan oshgan bolalarda ham kuzatiladi. Bunda asosan biron kasallik asoratida tana haroratining ortishi yoki organizmdagi boshqa o`zgarishlar sabab bo`lishi mumkin. Shuningdek, bola ruhiyatidagi keskin yoki kuchli ruhiy muvozanat buzilishi yoki asab qo`zg`alishlari ham talvasani keltirib chiqarishi taxmin qilinadi.

Asxonov Ulug'bek G'ulomqodirovich
Nevromed klinikasining Nevropatolog shifokori

Видео Bolam talvasaga tushib qoldi! Febril talvasa xurujlari канала NEVROMED NAMANGAN
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
16 августа 2022 г. 12:40:03
00:07:17
Яндекс.Метрика