Загрузка страницы

Toshkentda “Bahor gulchambari” Ozarbayjon-O'zbekiston badiiy ko'rgazmasi ish boshladi 💐

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bahorgi gulchambar ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati xodimlari, mahalliy ozarbayjonlar va o'zbeklar, Toshkent oliy o'quv yurtlari talaba va o'qituvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ko'rgazmada Ozarbayjon va O'zbekiston madaniyati va san'atiga oid milliy liboslar, kelag'ailar (ro'mollar), o'zbek ipagi durdonalari hisoblangan adras, gilam va so'zanalar, milliy liboslardagi qo'g'irchoqlar, suratlar namoyish etilmoqda.

Ochilish marosimida so'zga chiqqan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov har bir xalqning o'z san'ati, milliy kiyinish madaniyati borligini ta'kidlab, ko'rgazmada qadimiy va boy madaniyatimiz, san'atimiz aks etganini e'tirof etdi. Diplomatning qayd etishicha, ko'rgazmada xalqlarimizning ko'p asrlik moddiy va ma'naviy qadriyatlari, iste'dodlari yana bir bor namoyish etilmoqda. Ozarbayjon Madaniyat Markazi milliy liboslarni targ'ib qilish va namoyish etishga alohida ahamiyat berayotganini, O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida, shuningdek, mamlakat mintaqalarining yirik shaharlarida muntazam ravishda turli ko'rgazmalar bilan bir qatorda liboslar ko'rgazmalari ham tashkil etayotganini ta'kidladi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov madaniyatimiz ko'p asrlik va murakkab taraqqiyot yo'lidan o'tgani, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz, madaniy merosimizni e'tirof etish va targ'ib qilish hamon muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. "Bahor gulchambari" nomli ko'rgazmada Ozarbayjon va O'zbekiston madaniyati va san'ati bilan bog'liq go'zal san'at asarlari namoyish etilayotgani haqida so'zlar ekan, ma'ruzachi O'zbekistonga oid liboslarni taniqli modeler Nargiz Murodova tayyorlaganini e'tirof etdi.

So'ngra bahoriy milliy raqslar ko'rgazma ishtirokchilariga taqdim etildi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli raqslarimizni ijro etdi.

Tadbir ishtirokchilariga ikki davlatning milliy shirinliklari taqdim etildi.
Qayd etish joizki," Bahor gulchambari" nomli ko'rgazma 8 mart-xalqaro xotin-qizlar kuni va Bahor bayramiga bag'ishlangan bo'lib, joriy yilning 20 martiga qadar Ozarbayjon Madaniyat Markazida namoyish etiladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida ma'lumot berilganidek, Toshkentdagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun tashkil etilgan ekskursiyalar doirasida o'zbek yoshlariga muntazam tarzda ko'rgazmaning namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Видео Toshkentda “Bahor gulchambari” Ozarbayjon-O'zbekiston badiiy ko'rgazmasi ish boshladi 💐 канала Biz TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 марта 2022 г. 1:37:40
00:01:08
Яндекс.Метрика