Загрузка страницы

Yarim yillik sarhisobi, P60 Pro smartfoni va FreeBuds 5 quloqchini taqdim etildi | No Comment

2023-yil 26-iyunda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Huawei kompaniyasi mahalliy OAV vakillari uchun kompaniyaning 2022-yil va 2023-yilning birinchi yarmidagi natijalari bilan tanishish maqsadida yillik press-brifing o‘tkazdi.

HUAWEI Device bo‘limi mutaxassislari hozirda O‘zbekiston mobil qurilmalar bozorida sotilayotgan smart-qurilmalar taqdimotini o‘tkazdi. Masalan, HUAWEI nova 10 seriyali smartfonlar, XMAGE ultra kamerali, mustahkam Kunlun oynasi, HUAWEI SuperCharge tez quvvatlovchi va yuqori sig‘imli akkumulyatorga ega HUAWEI P60 seriyasining flagman qurilmalari, shuningdek, dinamik hayot uchun taqiladigan qurilmalar.

2022-yil davomida HarmonyOS operatsion tizimiga ega qurilmalar soni 330 milliondan oshdi va HarmonyOS Connect bilan 290 milliondan ortiq qurilmalar yetkazib berildi. Huawei Mobile Services (HMS) ekotizimi hozirda 200 000 ta ilova, 6 milliondan ortiq roʻyxatdan oʻtgan dasturchilar va 580 million oylik faol foydalanuvchilari bilan dunyodagi uchinchi yirik mobil ekotizim hisoblanadi.

Brifingda Huawei kompaniyasi “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi doirasida kompaniya ishtirokida amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, ShHT sammiti arafasida Samarqandda 5G tarmog‘ining ishga tushirilishi hamda, Elektron bulutga asoslangan hukumatlarni yanada rivojlantirish uchun asos yaratgan ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi, yagona tarmoqni ishga tushirish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Huawei barcha mahalliy aloqa operatorlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib, innovatsion yechimlarni taqdim etadi va tajriba almashadi. Shunday qilib, joriy yilning fevral oyida Raqamli texnologiyalar vaziri boshchiligidagi aloqa operatorlari va tartibga soluvchi organlar vakillaridan iborat delegatsiya Barselonadagi MWC mobil texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbirlardan birida Huawei stendiga hamda kompaniyaning Xitoydagi bosh qarorgohiga ham tashrif buyurdi. Joriy yilning may oyida Sian shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbek-Xitoy biznes forumida mamlakatda AKT infratuzilmasini yanada mustahkamlash va tarmoqlarni modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvlar imzolangan edi.

Respublikaning IT-xizmatlari eksportini oshirish rejalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Huawei va IT Park Namangan va Termiz shaharlarida qo‘shma BPO-markazlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Loyihalar “aqlli” va “yashil” kampuslarni yaratish yechimlari asosida ishlab chiqilgan. Termiz shahridagi BPO-markazida intellektual qurilmalar ekotizimiga ega 30 ta ish o‘rni uchun shart-sharoit yaratilgan: kompyuterlar, Huawei monitorlari, innovatsion Wi-Fi 6 ulanish nuqtalari, Ideahub interaktiv doskasi va markazni qayta tiklanadigan energiya bilan ta'minlash uchun binoning tomida o’rnatilgan 10 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi, shular jumlasidan.

Huawei O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirar ekan, barqaror rivojlanish maqsadlariga amal qiladi va har yili ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash va AKT iste’dodlarini tarbiyalash uchun asosiy e’tiborini qaratadi. “Seeds for the Future” global taʼlim loyihasi toʻqqizinchi yildirki Oʻzbekistonning turli universitetlari talabalarini raqamli bilimlarini oshirish uchun IT sohalari bilan birlashtirishda davom etmoqda. 2022-yilda kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasidan gibrid formatdagi loyihada O‘zbekistonning 7 ta universitetidan 28 nafar talaba ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil esa 11 ta universitet talabalari Qatar va BAAda mintaqaviy miqyosda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Green Uzbekistan” tashabbusi doirasida Huawei Oʻzbekistonda ikkita: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Green Aral Sea” va “Yuksalish” milliy harakatining “Bir million daraxt” eko-loyihalari boʻyicha hamkorlikni davom ettirdi. 2020-yildan buyon “Green Aral Sea” loyihasi doirasida Orol dengizi tubini obodonlashtirish uchun 40 ming dona saksovul ko‘chati xarid qilish va ekishga ko‘mak berildi hamda “Yuksalish” milliy harakati bilan hamkorlikda qo‘shma Ekologik forum o‘tkazildi, Bo‘stonliq tumani Qoranko‘l qishlog‘ida Toshkent xalqaro ta’lim universitetida ko‘chatlar ekildi va Toshkent shahridagi 15 ta maktabga ko‘chatlar sovg‘a qilindi.

Press-brifing yakunida Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay OAV vakillariga kompaniya faoliyati va mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga doimiy qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularni kasb bayramlari bilan tabrikladi.

Видео Yarim yillik sarhisobi, P60 Pro smartfoni va FreeBuds 5 quloqchini taqdim etildi | No Comment канала Biz TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
26 июня 2023 г. 22:49:47
00:01:13
Яндекс.Метрика