Загрузка страницы

LIVE: Savol-javoblar (19.08.2018)

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagi mavzulardadir:

2:08 Uydagilarni dinga chaqirish va rag‘batlantirish mas’uliyati mening burchim hisoblanadimi?
4:05 Ustozlarni pir deb aytish joizmi?
7:39 Ustoz, men ba’zan sho‘rtik kiyaman. Bir kishi, sho‘rtik kiyish harom, deb aytdi. Shu gap asoslimi?
13:52 Hijoma qilish evaziga haq olish harommi?
19:21 Ustoz, xalqimiz orasida shunday gap bor: "Yigit kishi yetti marta qabr qazishi kerak". Shu gap to‘g‘rimi?
21:06 Azon vaqtida qollar qay holatda bo'lishi kerak?
22:31 Aqidaga oid savollar darsligingizda aytgandingiz. Insonni ma’budi degan tushunchada inson 4toifaga bo'linadi deb Ibni Qoyim rohimahulloh aytgan. Bu toifalarni tuliq aytib bering?
27:53 Bizning diyorlarda hayit kuni qabristonga borib qabrlarni ziyorat qilish odati bor, bu ish joizmi?
31:25 Men Moskvada ishlayman. ko'pincha shom namozini metro ichida imo-ishora bilan o'qiyman, shunda qiblaga qaramay o'qisam bo'ladimi? Deyarli har kuni shunday holat bo'ladi.
34:05 Bizning qishloqda arafa kuni qoshnilar bir biriga osh tarqatishadi. Shu ish joizmi?
34:50
41:13
47:23 2 rakaatlik namozda adashib 3 chi rakaatiga turib olsa yoki 3 rakaatlik namozda 4chi rakaatga turib olsa fatiha zam suralarni o'qib o'tiradimi yoki o'qimay o'tiradimi?
49:40 Ustoz, nomoz o'qiymiz ro'za tutamiz, lekin nega bu namozlarimizdan va ro'zalarimizdan taqvo hosil bo'lmayapti. Iltimos bizga nasihat qiling.
56:55 Har hayitdan oldin biz ayollar uyda hech qanday kir kiyim qolmasin deb kir yuvamiz. Agar kir kiyim qolib ketsa yomon bo'ladimi?
58:05 Bir nochor, sharoiti og’ir oilaning uyini zakot hisobidan ta’mirlab bersa boladimi? Agar ularga zakotning ozi berilsa ular o'zlari uylarini ta’mirlab olishga qodir emas. Uyda beva ayol va aqlizaif farzandlari bilan yashaydi.
1:00:10 Ustoz, ovqatlanib boʻlgandan soʻng tilovat qilib savobini oʻtganlarga bagʻishlasak va oʻzimizning ishlarimiz rivojini soʻrasak boʻladmi? Joiz bo'lsa qaysi sura o'qigan afzal?
1:05:11 O'ta mast holatdagi kishi turmush o'rtogiga turmushi davrida yillar oralig'ida uch marta taloqsan desa taloq tushadimi?
1:07:36 Ustoz, ko'pincha tushimda qandaydir ovoz Qurondan birorta surani nomini aytib o'qi deydi. Ertasiga o'sha sura haqiqatda Quronda bo'ladi. Shunday holat yaxshilikkami?
1:09:58 Er nikohda mahrga zirak beraman desa, keyin nikohdan oldingi hadya qilingan zirak uzuk shu mahrga edi deb aytsa, mahr berilmasa, keyinchalik xotiniga taloq qoyib boshqasiga uylanib ketsa, qayta mahrni so'rasa bo'ladimi?
1:12:45 Ustoz, men oldin to'ylada kamerachlik qilardim. Bu kasbni shariatga muvofiq emasligini bildim va bu ishimni tashladim. Endi shu kasbda yurgan ko'p insonlar bor, ular orasida shogirdlarim ham bor shularga nasihat qilsangiz.
1:17:31 Ustoz, bozorda savdo qilib tursak lo'lilar isiriq tutatib tovarlaimiz ustida aylantiradi. Biz shu vaziyatda qanday yo'l tutaylik?
1:21:40 Bizning masjidlarda 4-5 yildan beri yosh bolalarga hayit namozidan kegin hadyalar tarqatiladi. Bu huddi archa bayramda bolalarga sovg'a berganday bo'lib qolmaydimi?
1:24:21 Mana shunday odamlar bilan biz qanday munosabatda bo'lishimiz kerak?
1:30:04 Bilib turib tahoratsiz namoz o'qisa dindan chiqadimi?
1:31:23 Yozuvli materialni sotishim joizmi?
1:34:18 Noumid shayton degan so'zning ma'nosini tushuntirib bering.
1:37:09 Biror narsani yemayman deb qasam ichgan inson, so'ng shuni yeyishi joizmi?
1:39:55 Ustoz ertaga arafa kuni, iltmos bizga yana bir bor eslatma qilsangiz, bu kunni ko'pchiligimiz g'aflatda o'tkazib yuboramiz. Ba’zan bozorda, ba’zan esa ayollarimiz uyda oshxonada o’tkazib yuboradi. Yana bir bor eslatma qilsangiz
1:43:39 Ustoz, biz Rassiyada ishlaymiz. Biz ishlagan joyda masjid yo‘q ekan. Boshqa shaharda bor, bizdan uzoqda ekan 432 km ekan, biz hayit namozini ish joyimizda o‘qisak bo‘ladimi? Yoki masjidga boraylikmi?
1:44:31 Men yoshligimda bir do’kondan egasigaa bildirmay bir dona meva olganman u paytlar 11 yoshda edim shu haliyam esimdan chiqmaydi shu dukonni egasi meni dukonimga kelib turadi shu mevani xaqqini uziga bildirmasdan berib yuborsam buladimi yoki aynan shu paytlar olgandim deb aytib berishim kerakmi?
1:47:00 Ustoz, kimdir yaxshi amallar bilan vafot etsa qabrda jannatdan bir deraza ochib qoyiladi deb eshitganman. Qabrda jannatdan darcha ochib berilsa janntaga tushish aniq bolib qolmaydimi?
1:50:06 Bizda to’yda kuyovnavkarda kuyov bola o’rtoqlariga o’z qo’li bilan osh yediradi. Bunday qilish joizmi?
1:52:38 Tijorat maqsadida qimmatbaho mashina olip kelib, kelin kiyovni "zags"ga olib chiqip pul topsa bo’ladimi?
1:53:54 Biz koreada ishlaymiz. Asosan hamma narsa bank kartaga bog'liq. Ishxonadagi oylik ham shu kartaga tushadi. Hullas har yilda yoki 6 oyda 500 won 700 won atrofida pul kartamizga tushadi. Bu tushgan pul riboga kirib qolmaydimi?
1:55:34 Muslima ayollarini mensimay, qilgan ishlarini minat qiladigan erkaklarga nasihat qilsangiz
1:59:34 Allohga Qodiym, Muqaddim va Azaliy sifatlari isbotlanadimi? Hadislarda bor ekan.

Видео LIVE: Savol-javoblar (19.08.2018) канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 августа 2018 г. 17:44:06
02:04:41
Яндекс.Метрика