Загрузка страницы

O'zbekistonda 1,3 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya boshi berk ko'chada

2018-yilning may oyida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev AQSh poytaxtiga tashrif buyurganida bu mamlakat bizneslari bilan 4 milliard dollardan oshiq sarmoya borasida hujjatlar imzolangan. Mana shu bitimlardan eng kattasi Kanadada asoslangan, lekin aksiyalarining aksariyati amerikaliklarniki bo'lgan "SkyPower Global" energetik kompaniyasi edi. Muqobil quvvat manbalari bilan ishlaydigan bu xalqaro shirkat Mirziyoyevning Amerikaga safari oldidan Toshkentda 1,3 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya yuzasidan kelishib olgan edi. Katta shov-shuv va va'dalar bilan va tabiiyki, gulduros qarsaklar ostida boshlangan hamkorlik bugun qay ahvolda? Sarmoya kirayaptimi?

Loyihalar boshlanmay turibdi, deydi "SkyPower Global" rahbari Kerri Adler (Kerry Adler) "Amerika Ovozi" bilan muloqotda. Chunki O'zbekiston Moliya vazirligi kompaniyaga to'lov kafolati bermagan, vaholanki Prezident Mirziyoyev buni vazirlikka 2018-yilda buyurgan. Shartnomaga ko'ra, "Skypower Global" ishlab chiqargan tokning kilovatti uchun O'zbekEnergo 6 sent to'lashi kerak bo'ladi. Agar to'lovni amalga oshirolmasa, davlat buni qoplashi shart. Mana shunday kafolat berilmasa, "nafaqat biz balki hech kim O'zbekistonda biznes qilmaydi", deydi Adler.

Hukumat esa bu hujjat nima uchun berilmayotganini hozircha tushuntirmayapti. "Amerika Ovozi" Moliya vazirligi, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilib, masala yuzasidan pozitsiyalarini so'radi. Javob kutilmoqda.

Toshkentdagi ishonchli manbalarga ko'ra, muammo ortida bir necha omillar bor, lekin ikkitasi ahamiyatga molik: birinchidan, "SkyPower Global" ishlab chiqargan tokning narxi qimmat va arzonroq mahsulot takliflari bor. Ikkinchidan, bu investor so'rayotgan kafolatlarni berish O'zbekiston qonunlariga zid. Unda prezidentning bu boradagi qaroriga nima bo'ladi? Toshkent balki "SkyPower Global" bilan yangidan muzokara qilar. AQSh va Kanada tomonlarni gaplashishga va kelishib olishga chaqirmoqda. Vashington O'zbekistonni har bir bitim va kelishuvga binoan qadam tashlashga undamoqda. "SkyPower Global" rahbari butun umidni Prezident Mirziyoyevga bog'lagan. Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/5304166.html

Видео O'zbekistonda 1,3 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya boshi berk ko'chada канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
28 февраля 2020 г. 23:42:12
00:35:29
Яндекс.Метрика