Загрузка страницы

"Surxondaryo fuqarosi": Mirziyoyev, nomenklatura, muxolifat va SkyPower

0:00:00 Hamza Tursunov 2002-yilda “Umid” dasturi orqali Amerikada iqtisod va moliya sohasida o’qishini tugatib, O’zbekistonga qaytganida “Surxondaryo fuqarosi ekansiz” deya Toshkentda imkoniyat eshiklarini yopishgan. Vatanda qiynalgan yosh mutaxassis yana xorijga ketgan va o’tgan 18 yil mobaynida nafaqat G’arb balki Sharq davlatlarida ham o’z professional o’rnini topdi va muvaffaqiyat qozondi. Bu borada Britaniyada ham o’qib, magistrlik unvonini oldi. Yirik xalqaro kompaniyaning yetakchi mutaxassisi Hamza Kanadaning Toronto shahrida yashaydi.

0:14:00 Xususiylashtirish va muxolifat zaruriyati haqida o’z takliflarini olg’a surar ekan, Hamza O’zbekistonda demokratiyaga tayyor, deya ishonadi. Demokratiyadan qo’rqmaslik kerak, bunday sistemani prezident yoki ijroiya organi emas, fuqarolar barpo etadi, deydi vatandosh.

0:20:47 Yangi davrga dadil qadam qo’yish O’zbekiston demokratiyaning tub talablari – hurfikrlilik, bahs-munozara, siyosiy raqobat va tanlovdan o’zini tiymasligi lozim, deydi Hamza. Uning nazarida O’zbekistonda bu borada samimiy va ezgu harakatlar, ijtimoiy jarayonlar boshlangan. To’siq qo’ymaslik zarur, deya undaydi u.

0:29:10 Hamzaga ko’ra, O’zbekistonda “nomenklaturani ishdan bo’shatish kerak”. Lekin sistemadagi illatlar, tub muammolar yosh va iqtidor tanlaydimi? Yulg’ichlar orasida yoshlar va keksalar, vatanda va xorijda ilm olganlar, mahalliy va xorijiy tajribaga egalar bor. Korrupsiyaga qarshi kurashni sektorma-sektor qanday olib borish mumkin?

0:35:01 O’zbekiston siyosiy va iqtisodiy islohotlar talab qiladigan shartlarga chiday oladi, deydi Hamza. Buning ustiga jamiyat Prezident Shavkat Mirziyoyevni quvvatlab turibdi, demak, sinovlarga dosh bera olishiga ishonch bor, qa’tiyat bor, deya qo’shadi u.

0:45:00 O’zbekistonda hozir eng muhim o’zgarishlarni men vatanparvarman deb maqtanadigan mansabdorlar emas, deydi Hamsa, balki kichik va o’rta bizneslarni yuritayotgan, yangicha sohalarga qo’la urayotgan tadbirkorlar.

0:55:04 Hukumat regulyatorlik qilish bilan cheklanib, iqtisodiy erkinlik uchun yo’lni keng ochib qo’yishi kerak, deydi vatandosh. Uning tasvirlashicha, O’zbekistonga hozir “kislorod” yetishmayapti, ham mamlakatdagi, ham xorijdagi fuqarolar dadilroq hissa qo’shishi uchun.

Hamza davlat rolini kamaytirib, taraqqiyot uchun fuqaroga ko’proq erkinlik beraverish kerak degan taklifni olg’a suradi. Uningcha, O’zbekistonda islohotlar bo’lmoqda lekin ularning meva berishi uchun vaqt kerak. Ayrim o’zgarishlar hozir ko’rinmasligi va sezilmasligi mumkin, deydi u, biroq kelajakda odamlar hayotiga ijobiy ta’sir o’tkazishi kerak.

Biroq, deydi Hamza, xalq kutaverib charchagan, yana o’nlab yil ko’z tikib o’tirishni xohlamaydi. Odamlarning farovon yashashga haqqi bor va agar shu yo’lda harakat qilayotgan bo’lsa, davlat ularga dalda bo’lishi lozim.

Xorijda, ayniqsa demokratik jamiyatlarda yashayotgan o’zbekistonliklar bunday tuzumlar haqida amaliy tajribaga ega, deydi suhbatdosh, bundan foydalanish kerak. Albatta, chet el bilimi va malakasiga ega bo’lish odamni albatta vijdonli va halol qilib qo’ymaydi, biroq o’z taklif va mulohazalari bilan rahbarlarga murojaat qilayotganlarni tinglash zarur.

Hamza tahlilicha, O’zbekistonda nomenklatura demokratiyani xohlamasligining sababi ular bu tizim nima ekanini tushunmaydi. Biladi lekin xohlamaydi emas, deya ta’kidlaydi vatandosh, bilishmaydi va anglashmaydi, aks holda istak ham bo’lar edi.

1:00:54 Hamza O’zbekistonga 1,3 milliard dollar sarmoya kiritib, quyoshdan energiya olish sanoatini rivojlantirishga bel bog’lagan “SkyPower” kompaniyasida yuqori lavozimda ishlaydi.

“Amerika Ovozi” bilan muloqotda mutaxassis kompaniya va Toshkent orasidagi kelishmovchiliklar haqida bafurja gapirib berdi. “SkyPower” ish boshlashga qiynalmoqda, lekin yechim topish umidini boy bermagan deydi u. Masala ortidagi omillar haqida mana bu link orqali tanishish mumkin.

1:10:45 Har qanday yirik muammoni hal etish bir kishiga bog’liq bo’lib qolmasligi zarur, deydi Hamza, O’zbekiston investitsiya muhiti haqida gapirar ekan. Mansabdorlar zarur qarorlarni vaqtida qabul qila olishi va fursatni boy bermasligi kerak. Chunki dunyo kutib o’tirmaydi. Mamlakat esa imkoniyatlarni boy beradi.

Bu borada ham Hamza O’zbekistonga muxolifat nima uchun kerakligini eslatadi. Tizimni tergab turuvchi demokratik kuch kerak.

1:25:43 Hamza nazarida Prezident Mirziyoyevga bunday o’zgarishdan tahdid bo’lmaydi, chunki islohotlar ortidagi asosiy odam uning o’zi.

1:30:05 Xususiylashtirish haqida takliflar

1:44:19 Hamza nega hukumatda ishlamoqchi emas?

1:48:00 Karimovdan keyingi O'zbekiston... Mirziyoyev oldidagi vazifalar

1:52:00 Milliy mafkura kerakmi? U nimaga asoslanishi lozim?

1:55:00 "Men O'zbekiston siyosatida investor sifatida qatnashaman"

Видео "Surxondaryo fuqarosi": Mirziyoyev, nomenklatura, muxolifat va SkyPower канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 июля 2020 г. 8:45:10
01:59:39
Яндекс.Метрика