Загрузка страницы

25-Фурқон (Furqon surasi)

Makkada nozil qilingan bu sura yetmish yetti oyatdan iboratdir.

Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhis-salomga Buyuk Tangri nozil qilganini ta'kidlash bilan boshlanadi.

So'ngra: «Nega payg'ambar farishta emas, balki oddiy odamlarga o'xshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan bo'lar ekan», deydigan sarkash mushriklarning da'volari qat'iy hujjatlar bilan rad etiladi.

Yana bu surada dohiy «do'st»larning vasvasalariga uchib, o'z iymon-e'tiqod va dinu-diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib o'tiladi.

Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy mo'min-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat ne'matlariga erishishlariga sabab bo'ladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.

Qur'oni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar Furqon — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob, deb atalaveradi. Bu suraga nom bo'lgan Furqondan murod esa Qur'ondir.

Видео 25-Фурқон (Furqon surasi) канала islomtv
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 января 2011 г. 9:41:28
00:16:39
Яндекс.Метрика