Загрузка страницы

Saylovdan oldingi va'dalar nega bajarilmadi?

2014-yilgi saylovlar arafasida bo'lib o'tgan debatdan kichik parcha.

O'shanda UzLiDeP partiyasiga “Nima uchun partiya saylovdan oldingi va’dalarini bajarmadi” deya savol berganman. Debatdan keyin "katta akaxonlarning" ko’pchiligi, “Prezident saylangan partiyaga bunaqa savol berib bo’lmaydi, bu bilan sen Prezidentni ham va’dabozga chiqarib qo’yding, endi o’zingga yomon bo’ladi” deb rosa qo’rqitishgan (u paytlarda bunday talqin juda qo’rqinchli edi har holda).

Baxtli tasodif tufaylimikin, menga hech qanday yomonlik bo’lmagan, Xudoga shukr. Baxtli tasodif deganimning sababi, bizning debat saylovdan oldingi eng oxirgi debat edi. Ungacha bo’lgan debatlar davlat rahbariga yoqmagan, “nega tanqid yo’q, faqat quruq gaplar” deya mas'ullarga e’tiroz bildirgan. Shu sababli bizning debat syomkasiga Prezident Devonidan bir nechta vakillar hamda shaxsan MTRK raisi Alisher Xodjayevning o’zi kelgandi. Ular bizga “Bemalol tanqid qilaveringlar, chiqaramiz” deyishgan. Va rostdan debatda aytilgan barcha gaplarni deyarli kesmasdan efirga berishgan.

Xullas, shu sababli tanqidlarimiz ekran yuzini ko’rgan va tanqid aytganlarga keyinchalik yomonlik qilishmagan.

Xayriyatki, hozir holat keskin o’zgargan. Partiya vakillari siyosiy debatlarda bir-birini yoki Prezident saylangan partiyani tanqid qilishga ruxsat olish uchun Devondan odam kutishmayapti, MTRK raisi tepasida turmayapti, partiyalar turli mavzularda o’z pozitsiyasini bildirish uchun tegishli idoralar bilan oldindan kelishmayapti (menimcha shunaqa), partiya raislari ayrim qonunlarni qo’rqmasdan “Konstitutsiyaga zid” deb baralla aytishyapti… Shunaqa erkinlik bo'lgani uchun ham ba'zan "qovun tushirishlarni" ham ko'ryapmiz, bu ham tabiiy hol, menimcha. Xullas, ahvol ancha yaxshilangan.

Aytgancha, siyosiy debatlarda partiyalar 2 ta yo’nalishda bir-biri bilan ko’proq “jang” qilishlarini istar edim. Birinchisi, kimning hozir taklif qilayotgan saylov dasturi xalqqa foydaliroq. Ikkinchisi, o’tgan safardagi va’dalarni kim bajardi, kim bajarmadi. Bu bannerlardagi shiorlar yoki imlo xatolari ustida tortishgandan yaxshiroq. IMHO.

#saylov #debat #xushnudbek #xudoyberdiyev #2014

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim:

Telegram kanal: https://t.me/xushnudbek
Instagram: http://instagram.com/xushnudbek
Twitter: http://twitter.com/xushnudbeck
Facebook: http://fb.com/xushnudjohn

Видео Saylovdan oldingi va'dalar nega bajarilmadi? канала Xushnudbek Xudoyberdiyev
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 декабря 2019 г. 12:05:13
00:02:13
Другие видео канала
So'z erkinligi haqida: biz tezroq katta trassaga chiqib olishimiz kerakSo'z erkinligi haqida: biz tezroq katta trassaga chiqib olishimiz kerakBo'rilar qachon uyi atrofida ov qilmaydi? | Zakovat Final-2011 | XushnudbekBo'rilar qachon uyi atrofida ov qilmaydi? | Zakovat Final-2011 | XushnudbekXushnudbek Xudoyberdiyev: Toshkent viloyatiga propiska nimaga kerak?Xushnudbek Xudoyberdiyev: Toshkent viloyatiga propiska nimaga kerak?“Arizangni yoz!” deb majburlashsa nima qilish kerak? | Xushnudbek“Arizangni yoz!” deb majburlashsa nima qilish kerak? | XushnudbekBlogerlar klubi | Nima uchun test imtihonlariga bo`lgan ishonchsizlik paydo bo`ldi [02.08.2018]Blogerlar klubi | Nima uchun test imtihonlariga bo`lgan ishonchsizlik paydo bo`ldi [02.08.2018]Xushnudbek Xudoyberdiyev: 1 daqiqada partiyalar haqida fikrlar (2014-yil)Xushnudbek Xudoyberdiyev: 1 daqiqada partiyalar haqida fikrlar (2014-yil)Yeoju instituti: davomat yo'q, forma majburiy emas! Kontrakti qancha? Stipendiya bormi? OTMT #1Yeoju instituti: davomat yo'q, forma majburiy emas! Kontrakti qancha? Stipendiya bormi? OTMT #1Propiskaga oid o'zgarishlar bo'yicha ayrim tushuntirishlarPropiskaga oid o'zgarishlar bo'yicha ayrim tushuntirishlarHaydovchilar inspektorni videoga olishga haqqi bormi? | XushnudbekHaydovchilar inspektorni videoga olishga haqqi bormi? | XushnudbekQVZ 2020 | TBT jamoasi - Zo'rlarni ichida qo'y bo'lgandan, qo'ylarni ichida zo'r bo'lgan yaxshiQVZ 2020 | TBT jamoasi - Zo'rlarni ichida qo'y bo'lgandan, qo'ylarni ichida zo'r bo'lgan yaxshi1-августдаги имтиҳонлар ва таълим масалалари бўйича || Xushnudbek News. 3-son1-августдаги имтиҳонлар ва таълим масалалари бўйича || Xushnudbek News. 3-son“Tahsin” mukofotini topshirish marosimida aytgan fikrlarim“Tahsin” mukofotini topshirish marosimida aytgan fikrlarimJahongir Ortiqxo'jayev kompaniyalari, Alisher Qodirov, 161 mln dollar va UzAutoMotors! #ACHCHIQCHOYJahongir Ortiqxo'jayev kompaniyalari, Alisher Qodirov, 161 mln dollar va UzAutoMotors! #ACHCHIQCHOYApply to Ajou University in Tashkent | Admission 2021/2022Apply to Ajou University in Tashkent | Admission 2021/2022Huquqiy madaniyat | Xushnudbek XudoyberdiyevHuquqiy madaniyat | Xushnudbek XudoyberdiyevThe opening ceremony | Ajou University in Tashkent | 01.02.2021The opening ceremony | Ajou University in Tashkent | 01.02.2021Jonli efir. QABUL-2020 mavzusida abituriyentlar bilan savol-javobJonli efir. QABUL-2020 mavzusida abituriyentlar bilan savol-javobO'zbekiston Bosh Vaziri Mirziyoyev Prezident dafn marosimidaO'zbekiston Bosh Vaziri Mirziyoyev Prezident dafn marosimidaМирзиёев вадабозми?Мирзиёев вадабозми?Eng og'riqli nuqtamiz - oliy ta'lim. Harvard Universitetida ilmiy ish qilgan olim bilan suhbatEng og'riqli nuqtamiz - oliy ta'lim. Harvard Universitetida ilmiy ish qilgan olim bilan suhbat
Яндекс.Метрика