Загрузка страницы

Мавлуди Шариф Мухаммаджон Кори

Marhabo ey bulbuli shirin ado xush keldingiz
Sadqa bo'lsin bir duri mavzun sado xush keldingiz
Bul kecha keldi jahonga ul sadafni baxtidin
Nazdi xaqqa bir duri qimmatbaho xush keldingiz
Zoti oliyga adovat toshini kimlar otar
Daf etib Haq aytadur tabbat yado xush keldingiz
Haq ziyorat kechasi olamni sadrang ayladi
Sayr etib bir lahzada arshi a'lo xush keldingiz
Jumla payg'ambarni Tangrim nomi birlan chorladi
Yo Nabiy deb chorladi sizni Xudo xush keldingiz
Ojiz ila ummat gunohin arz etib ul podisho
Va'da aylab shod etib sizni Xudo xush keldingiz
Dargohingdin hech kishini no umid qaytarmagil
Biz gadolar dardiga oliy shifo xush keldingiz
Siz sano aytib taxiyyotni bajo qilgan zamon
Sam'ingizga yetti haqdin bir nido xush keldingiz
Osiy isyonchi gunohkor ummat uchun Siz yig'lamang
Ummat uchun ayladim jannat ato xush keldingiz
Ravzangiz dog'ida yig'lar bu g'arib ummatlaringiz
Ummatim deb chaqiring yo Ahmado xush keldingiz
Ravzangizga termulib tursam durud aytib sizga
Bu ravishda aylasam jonim fido xush keldingiz
Yo ilohiy Yasribu batho yetar kun bormikun
Tashna borib obi zam-zamdan ichar kun bormikun
Ustuni xonani manonni quchar kun bormikun
Darvozangizga termulib jon topshirar kun bormikun
Lahza-lahza nomingizni aytib-aytib yig'lasam
Hoki poyingiz ko'zimga to'tiyo xush keldingiz
Siz uchun qildi Xudoyim, ikki dunyoni bino
Aylasam jon boricha, ming iltimos xush keldingiz
Men g'arib mazharga aylang, bir nazar mahbubi haq
Ul shafoat vaqtida, jonim fido xush keldingiz.

Видео Мавлуди Шариф Мухаммаджон Кори канала Marifat Uz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
27 ноября 2019 г. 21:18:54
00:19:00
Яндекс.Метрика