Загрузка страницы

ISLOM DINIGA OID FAKTLAR (malumotlar)/ИСЛОМ ДИНИГА ОИД ФАКТЛАР (малумотлар)

#islom #faktlar #dinga #oid
----------------------------------------------------------------------
1. Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat grigoryan kalendaridan taxminan 10 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon bayramlari har yili oʻn kun oldinga surilib keladi.

2. Odam alayhissalomning boʻyi 30 ziroʻ atrofida boʻlgan. Ziroʻ uzunlik oʻlchovi boʻlib bir ziroʻ taxminan yarim metrga toʻgʻri keladi.

3. Musulmonlarning aksari Yaqin Sharqda yashamaydi. Aholi eng zich yashaydigan musulmon davlati Indoneziyadir. Bu mamlakat 257 million (2015 yilgi maʻlumot) aholisi bilan nufus boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi. Hindistondagi musulmonlar aholisi soni Suriya, Iroq, Iordaniya, Falastin va Arabiston yarim oroli davlatlaridan koʻp.

4. Oyning boʻlinishi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning buyuk moʻjizalaridan biridir. Quraysh mushriklarining rahbarlari kelib: “Agar rostdan ham paygʻambar boʻlsang oyni ikkiga boʻlib ber-chi”, deydi. Ularning aksari Paygʻabarimizning qarindoshlari edi. Paygʻambarimiz ularning iymonga kelishini, najot topishini istar edilar. Alloh taologa iltijo qilib qoʻllarini yuqoriga koʻtardilar. Oy oʻrtasidan ikkiga ajralib ikki togʻning ustiga keldi.

Oyning ikkiga ajralganini yoʻlda karvonda kelayotib koʻrib, nega bunday boʻlganiga hayron qolgan badaviylar, yahudiylar Makkaga kelganlaridan soʻng bu Muhammad alayhissalomning ishi ekanini bilib iymon keltirib musulmon boʻldilar. Ammo u zotdan shu ishni talab qilgan mushriklar “Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sehr koʻrsatdi”, deb shovqin solib iymon nuridan bebahraligicha qolaverdi.

5. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati oldin oʻtgan paygʻambarlarning barchasining ummatini qoʻshgandagi hisobdan ham koʻp.

6. Kaʻbani Odam alayhissalomdan keyin Ibrohim alayhissalom va oʻgʻli Ismoil alayhissalom bino etganlar.

7. Musulmonlar Kaʻbaga sajda qilmaydilar, Kaʻba Alloh taolo qaysi tomonga qarab ibodat qilishni koʻrsatgan yoʻnalishni belgilaydi.

8. Ashaddiy mushrik Abu Jahl Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga nozil boʻlgan muqaddas Qurʻon oyatlarini yashirincha eshitib yurgan. Chunki unga oyati karimalarni tinglash yoqqan.

10. Statistik maʻlumotlarga koʻra, dunyoda 1.8 (2015 yilgi maʻlumot) milliard musulmon yashaydi.
---------------------------------------------------------------
Video yoqqan bo'lsa hursandman🙂..!

kaba va 7ta fakt - https://youtu.be/FxVKJtpVkR0

kaba tarixi - https://youtu.be/5BdJDZgjWd4

Видео ISLOM DINIGA OID FAKTLAR (malumotlar)/ИСЛОМ ДИНИГА ОИД ФАКТЛАР (малумотлар) канала Uz Comment
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
23 февраля 2020 г. 21:38:28
00:04:58
Яндекс.Метрика