Загрузка страницы

FERGANA ECO CITY

Fargʻona vodiysi (Fargʻona soyligi) — Oʻrta Osiyodagi togʻlar orasida joylashgan vodiy, Oʻrta Osiyoning yirik togʻ oraligʻi (soylik) botiqlaridan biri. Shimoldan Tyan-Shan, janubdan Hisor-Olay togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Asosan, Oʻzbekiston, qisman Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalari hududida joylashgan. Katta qismi Turkiston va Olay tizmalarining shimoliy yonbagʻirlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida boʻlib, shimoli-gʻarbdan Qurama tizmasi va Chatqol tizmasi, shimoli-sharqdan Fargʻona tizmasi bilan oʻralgan. Gʻarbda (eni 8-10 km) „Xoʻjand darvozasi“ orqali Toshkent — Mirzachoʻl botigʻi bilan tutashgan. Uzunligi 300 km, eni 60-120 km, eng keng joyi 170 km, maydoni 22 ming km². Balandligi gʻarbida 330 m, sharqdda 1000 m. Fargʻona vodiysining umumiy tuzilishi ellipssimon (bodomsimon) shaklda boʻlib, gʻarbdan sharqqa tomon kengayib boradi. Fargʻona vodiysi yer yuzasi toʻrtlamchi sistemaning allyuviy va prolyuviy choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan. Soylik toshkoʻmir davrida egik shaklda boʻlib, oʻrta toshkoʻmir davrida qalin qumtosh — loyli choʻkindilar bilan qoplangan boʻlgan. Boʻr davrida esa sayoz dengiz boʻlgan. Paleogen davrining oxiriga kelib, batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi togʻ tizmalari Alp burmalanishida keskin koʻtarila boshlagan, lekin denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilib ketgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziqlari ustini qalinligi 300-400 metrli kontinental yotqiziqlar qoplagan

Видео FERGANA ECO CITY канала UZRUCOM
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 июля 2024 г. 1:00:07
00:01:00
Яндекс.Метрика