Загрузка страницы

OKMK professional futbol klubi akademiyasi filiallari kengaymoqda

OKMK futbol akademiyasi filiallari boʻyicha Toshkent viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Xabaringiz bor, Olmaliq kon metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati va OKMK futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan Olmaliq shahrida futbol akademiyasi tashkil etish borasida tamal toshi qoʻyilgandi.

Futbol maktabidan futbol akademiyasi sari boshlangan loyihada bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Yaqindagina «Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyati koʻmagida qoʻshimcha sun’iy maydon yosh futbolchilar uchun foydalanishga topshirilgan edi. Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilarining Olmaliq shahrida doimiy istiqomat qilishi va sportchilarga xos tarzda ovqatlanishi uchun shahardagi «Bahor» mehmonxonasi klub ixtiyoriga berildi. Hozirgi kunda ushbu mehmonxona binosining taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Akademiya tarbiyalanuvchilarining asosi Olmaliq shahriga qoʻshni boʻlgan hududlarda istiqomat qilayotgan bolalar hisobiga toʻldirish ustivor vazifa etib belgilangan. Bu yoʻlda Olmaliq shahrining geografik jihatdan qoʻshni hududlari – Ohangaron, Boʻka, Piskent, Angren hamda Nurafshon shahridagi futbol maydonlari va u yerdagi yoshlarning futbolga boʻlgan qiziqishi, aholi va sportning futbol turi toʻgaraklariga qatnovchi bolakaylar soni, umumiy qilib aytganda mavjud sharoitlar oʻrganib chiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, OKMK futbol klubi rahbariyati Toshkent viloyati sport boshqarmasiga ikki tomonlama hamkorlik qilish istagini bildiruvchi taklif kiritgandi. Yaʼni, OKMK futbol klubi joylardagi stadionlar maysalari parvarishi va uning sugʻorish tizimi kabi jihatlar borasida koʻmaklashishi, eng asosiysi esa har bir hududning kamida bittadan murabbiyini shartnoma asosida ishga qabul qilib, u yerdagi futbol toʻgaraklari uchun futbol toʻplari, sport anjomlari va boshqa moddiy texnik baza rivoji uchun sharoitlar yaratilib berilishi koʻzda tutilgan.

Shu o'rinda Toshkent viloyati sport boshqarmasi oʻz tarkibidagi futbol maktablarida tarbiyalanayotgan yosh iqtidorlarni viloyatimiz shaʼnini himoya qilayotgan OKMK futbol klubi birinchi boʻlib yetkazib berish majburiyatini oladi. Yaʼni, OKMK futbol akademiyasi U-19 va yoshlar tarkiblari uchun birinchi seleksiya ishlari aynan yuqorida sanab oʻtilgan beshta hudud tarbiyalanuvchilariga qaratiladi.

4-iyun kuni «OKMK sport majmuasi» ofisida OKMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzayev va Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulov rahbarligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida oʻzaro memorandum imzolash tadbiri oʻtkazildi. Imzolangan memorandum yuqorida sanab oʻtilgan jihatlarni keng qamrovda oʻz ichiga olgan boʻlib, endi tomonlar OKMK futbol akademiyasining Ohangaron shahri va  tumani, Bo‘ka, Piskent tumanlari, Angren va Nurafshon shaharlarida hamda Qiziltog' filiallari borasida oʻzaro hamkorlikni jadal suratda davom ettirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

🎤 Kadrdagi ovoz: Ali Abduahadov
🎥 Operator: Jasur Boynazarov
💻 Montaj: Erkin Nabiyev

📲 Telegram.me/Ali_Abduahadov
📲 Instagram.com/Ali_Abduahadov
📲 Facebook.com/Ali.Abduahadov.fb

Видео OKMK professional futbol klubi akademiyasi filiallari kengaymoqda канала ALI ABDUAHADOV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 июня 2024 г. 21:57:15
00:06:13
Другие видео канала
Muxlislarbop o'yinda OKMK va «Navbahor» 2-tur bahsida kuch sinashdiMuxlislarbop o'yinda OKMK va «Navbahor» 2-tur bahsida kuch sinashdiOCHL. "OKMK" va "Navbahor" Qatarliklarni ayab o'tirishmadi yoxud yulduzlarni yengan yulduzlarimiz!OCHL. "OKMK" va "Navbahor" Qatarliklarni ayab o'tirishmadi yoxud yulduzlarni yengan yulduzlarimiz!"OKMK" poytaxtliklar bilan ochkolarni kamtarona bo'lishib, Superliga jadvalida 2-o'ringa ko'tarildi"OKMK" poytaxtliklar bilan ochkolarni kamtarona bo'lishib, Superliga jadvalida 2-o'ringa ko'tarildiBankdan millionlarni "uxlatmoqchi" bo‘lgan shaxslar ushlandi / Yangi virus O‘zbekiston chegarasidaBankdan millionlarni "uxlatmoqchi" bo‘lgan shaxslar ushlandi / Yangi virus O‘zbekiston chegarasida2022 yil 1 apreldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?2022 yil 1 apreldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?Qosimov Abramov to'qnashuvida olmaliqliklar g'alaba qozondiQosimov Abramov to'qnashuvida olmaliqliklar g'alaba qozondi3 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi / Koronavirus fonida Telegram bloklanishi kutilmoqda3 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi / Koronavirus fonida Telegram bloklanishi kutilmoqda27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni🤩 Qishning oq libosiga burkangan olam | Dekabr, 2022 yil (4K)🤩 Qishning oq libosiga burkangan olam | Dekabr, 2022 yil (4K)YPX xodimlariga kunlik “plan” qo‘yilganmi? / Qozog‘istonda KXSHTning qancha harbiysi bor?YPX xodimlariga kunlik “plan” qo‘yilganmi? / Qozog‘istonda KXSHTning qancha harbiysi bor?Shimoliy Koreya yana raketasini ko‘z-ko‘z qildi / Millionlab daromad olayotgan yosh tadbirkorShimoliy Koreya yana raketasini ko‘z-ko‘z qildi / Millionlab daromad olayotgan yosh tadbirkorNavro'z ayyomingiz muborak! | Ko'pkariNavro'z ayyomingiz muborak! | Ko'pkari2022 yil 1 iyuldan boshlab: avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish tekin bo‘ladi2022 yil 1 iyuldan boshlab: avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish tekin bo‘ladi"OKMK" - "Qo‘qon-1912" — "Konchilar"dan "shedevr" gollar..."OKMK" - "Qo‘qon-1912" — "Konchilar"dan "shedevr" gollar...“Biz chiqindi tashlamasak sen maoshsiz qolasan” / Afrika aholisi ocharchilikdan aziyat chekmoqda“Biz chiqindi tashlamasak sen maoshsiz qolasan” / Afrika aholisi ocharchilikdan aziyat chekmoqdaMuqaddasdir vatan bayrog‘iMuqaddasdir vatan bayrog‘iAfg‘onistonda odamlar farzandlarini nega sotishmoqda? / 14 yoshli "krutoy"ga chora ko‘rildiAfg‘onistonda odamlar farzandlarini nega sotishmoqda? / 14 yoshli "krutoy"ga chora ko‘rildi"OKMK TV"da "Buvijonim ertaklari" loyihasi – qahramonimiz 9 yoshli Mirazizbek"OKMK TV"da "Buvijonim ertaklari" loyihasi – qahramonimiz 9 yoshli MirazizbekOlmaliq kon-metallurgiya kombinatning mehnatkash ayyollari — bayramingiz muborak bo'lsin!Olmaliq kon-metallurgiya kombinatning mehnatkash ayyollari — bayramingiz muborak bo'lsin!OCHL. Olmaliq jamoasi Bemzemasi bor "Al-Ittihod" klubiga qanday qarshilik qildi?OCHL. Olmaliq jamoasi Bemzemasi bor "Al-Ittihod" klubiga qanday qarshilik qildi?
Яндекс.Метрика