Загрузка страницы

Dildora Rustamova "Suhbatda sayohat" ko‘rsatuvi mehmoni

Suxandon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dildora Rustamova.

Ko‘rsatuvni tomosha qilib Siz ushbu savollarga javob olasiz:
1️⃣ Qanday orzulari armonga aylangan?
2️⃣ "Mehrobdan chayon" teleseriali ekran yuzini ko‘rgach nima uchun do‘stlaridan hafa bo‘ladi?
3️⃣ Nima sababdan onasi, "-Sen hech qachon suxandon bo‘lmaysan", - deb aytgan?
4️⃣ Qanday xususiyati unga doim pand bergan?
5️⃣ Nima uchun jurnalist bo‘lib mualliflik dasturlar tayyorlamaydi?

Ko‘rsatuv talablarga binoan takror, ijtimoiy tarmoqlarda esa ilk bor teletomoshabinlarga taqdim etilmoqda!
Do‘stlaringizga ham ushbu xabarni ulashing va ularni xushnud eting!
Namoyish vaqti: 11 sentyabr, YouTube kanalimizda.

Ko‘rsatuv ijodkorlari:
Muallif va boshlovchi: Feruza G‘ulomova
Rejissyor: Akbar Insopov
Tasvirchilar: Otabek Mahmudov, Ismoil Rahmatov
Montaj rejissyori: Adham Nurmatov
Ovoz rejissyori: Anvar Latipov
PR menejer: Sardorbek Safarov
Kadr ortidan matnni Alisher Rasulov o‘qidi.
Ma'mura: Nodira Abzalova
Muharrir: Farruxbek Olimov

“Suhbatda sayohat” ko‘rsatuvi haqida qisqacha ma’lumot:
Ko‘rsatuv qahramonlari nafaqat mashhur, elga tanilgan insonlar, balki yurt ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan turli xil soha vakillaridir. Suhbatdoshlar bilan bo‘lgan intervyu dastur ruhiyatiga mos foto va videolar bilan boyitilgan bo‘lib, Siz ular orqali qahramonimizning ichki kechinmalari va kelajak orzularini ko‘rishingiz mumkin. Ko‘rsatuv muallifi Feruza G‘ulomovaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi - o‘z qahramonining hayot yo‘lini, uning armonlari va amalga oshgan orzularini tomoshabinlarga yetkazish. Har bir filmda tomoshabin o‘zini bosh rol ijrochisi kabi ko‘rib, qahramon ruhiyatidan ta’sirlanib o‘ziga motivatsion kuch olganidek, Biz ham o‘z qahramonlarimizda o‘zini ko‘ra olgan tomoshabinlarimizga unutilmas saboq, yillar sinovidan o‘tgan hayot formulasi, odamiylik mezonlari, ijod zavqi va turmushning baland-pastlaridan sabot bilan o‘tish zahmati va albatta, samimiy “Suhbatda sayohat”ni taqdim etish niyatidamiz!

Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Youtube kanalimiz - https://bit.ly/2NfRLgN
Facebook sahifamiz - https://bit.ly/2HY5c5m
Telegram kanalimiz - https://t.me/Suhbatdasayohat

Ijodiy hamkorlik yoki boshqa masalalar bo‘yicha ushbu manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Suhbatdasayohat@gmail.com

#Suhbatdasayohat #dastur_ijodkorlari #Feruza_Gulomova #Dildora_Rustamova

30.07.2017 ®

Видео Dildora Rustamova "Suhbatda sayohat" ko‘rsatuvi mehmoni канала Suhbatda sayohat
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
10 сентября 2018 г. 22:54:24
00:37:01
Яндекс.Метрика