Загрузка страницы

Bola necha yoshda gapiradi? «Tili chiqishi» kechikishiga sabablar nima?

Bola necha yoshda gapiradi? «Tili chiqishi» kechikishiga sabablar nima?
Assalomu aleykum aziz obunachilar.Sizlarni yana kanalimizda ekanligingizdan xursandmiz.Bugungi videomizda Bola necha yoshda gapiradi? «Tili chiqishi» kechikishiga sabablar nima? mana shu savollarni yoritib berishga harakat qilamiz. Agar bola gapirishga shoshilmayotgan boʻlsa, uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan soʻzlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga oʻz ota-onasidan meros boʻlgandir.Ayrim onalar bolam 3-4 yosh boʻldi, hamon gapirmayapti, deb xavotirlanadi. Lekin mutaxassislarning aytishicha, hamma bolalar ham erta gapirmas ekan. Baʼzi bolalar (koʻpincha qizchalar) 1-2 yoshdan oʻnlab soʻzlarni burro aytadi. Ayrimlari esa ota-onalarni kuttirib, ancha vaqtgacha tilini qisib yuradi.
Bola tili chiqishi kechikishiga sabab boʻluvchi omillar turli-tuman. Muammoning yechimi har xil boʻlishi mumkin. Bolalarning tili chiqishi kechikishiga nimalar sababchi?
Bolalarda nutq rivojlanishdan ortda qolishiga bir qator jismoniy va ruhiy omillar sabab boʻladi. Ulardan baʼzilarini mustaqil ravishda bartaraf etsa boʻladi. Ayrim hollarda esa mutaxassisdan yordam soʻrashga toʻgʻri keladi. Bunda avvalo bolaning gapirishiga nima xalaqit berayotganini bilish juda muhim. Albatta, bunday muammoga duch kelinganda asosan malakali logoped-defektologlar yordam koʻrsatadi. Ota-ona bolani shifokorga olib kelganda koʻrik jarayonida nutq oʻsishiga toʻsiq boʻlayotgan sabab aniqlanadi va uni bartaraf qilish usullarini taklif etiladi. Bu muammoga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin.

Individuallik
Shubhasiz har bir bola oʻziga xos tarzda rivojlanadi. Agar sizning farzandingiz qoʻshningizning bolasidan bir oy oldin yura boshlagan boʻlsa u qoʻshnining bolasidan ancha keyin gapirishni oʻrganishi mumkin. Bu xavotirga sabab boʻlmaydi. Bu uning rivojlanishidagi oʻziga xoslik bilan bogʻliq. Vaqti kelganda u ham boshqa bolalar kabi bemalol gapira boshlaydi.

Видео Bola necha yoshda gapiradi? «Tili chiqishi» kechikishiga sabablar nima? канала LEMON PLUS
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
26 ноября 2020 г. 19:29:34
00:09:23
Яндекс.Метрика