Загрузка страницы

‘’Быстрый ужин с курицей’’

Tovuqdan skovorodkada issiq taom

✅Kerakli masalliqlar:

Tovuq go'shti 500 gr
Kartoshka 4 dona
Baqlajon 1 dona
Kabachki 1 dona
Kichkina piyoz 6 dona
Chesnok 4 -5 zubchik
Mayonez 200 gr
Tomat 2 osh qoshiq
Zaytun yog'i
Timyan
Tuz
Ziravorlar

🔹️Tayyorlanishi:

Tovuq go'shtimizni (tovuq filesidan tashqari, xoxlagan qismini ishlatsangiz bo'ladi) tyorkadan chiqarilgan chesnok, mayonez,4-5 qoshiq zaytun yog'i(o'simlik yog'i ishlatsangiz ham bo'ladi) tomat, tuz, timyan va ziravorlar bilan marinovad qilib olamiz va 30 daqiqa holodelnikda olib qo'yamiz.
Kartoshkamizni to'rtga bo'lib, qaynab turgan suvga solib yana 5 daqiqa qaynatib olamiz.
Baqlajon, kabachkilarimizni xuddi videodegidek to'g'rab olamiz. So'ng barcha sabzavotlarimizni bitta idishga solib, mayonez,zaytun yog'i tomat, tyorkadan chiqarilgan chesnok, tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtirib marinovad qilib qo'yamiz.
Marinovad bo'lgan tovuq go'shtimizni, chesnok va mayda piyozlarimizni butunligicha pergament qilingan tovamizga terib olamiz va 20 daqiqa pas olovda ustidan pergament qo'yib, qopqog'ini yopib pishirib olamiz.
Pishgan tovuq go'shtimizni ustidan marinovad qilingan sabzavotlarimizni solib, ustiga pergament qo'yib, qopqog'ini yopib, 30 daqiqaga pishirib olamiz.
Suvlari o'zi bilan birga pishadigan mazali issiq taomimiz tayyor.
Yoqimli ishtaxa💖

Видео ‘’Быстрый ужин с курицей’’ канала Vkusno By Seva
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
1 июня 2023 г. 19:13:31
00:01:00
Яндекс.Метрика