Загрузка страницы

Enter Engineering shirkatining qozoq ishchilari namoyishga chiqdi

Enter Engineering shirkatining Boysun gazni kayta ishlash zavodidagi yuzdan ziyod qozog‘istonlik ishchilari bugun namoyish qilishgan.

Ular Enter Engineering shirkatidan so‘nggi uch oydan buyon to‘lanmay kelayotgan moshlarini talab qilganlar.

Shirkat rahbariyati ularning talabini iloji boricha tezroq bajarishga va'da qilgan.

Boysun gazni kayta ishlash zavodida qozog‘istonliklar qatorida yana yuzlab o‘zbekistonliklar ishlaydi.

Ish o‘rinlaridan ajralib qolishidan qo‘rqqan o‘zbekistonliklar bugungi e'tiroz namoyishiga qo‘shilmaganlar.

Ikki kun muqaddam Enter Engineering shirkatining Janubiy Osiyolik ishchilari maoshlarni to‘lash talabi bilan isyon ko‘tarishgan edi.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, isyonchilarning ba'zilari o‘z vatanlariga deportasiya qilingan.
“Bu Enter Engineering-da o‘zbeklar, qo‘pol qilib aytganda, churka bo‘lib yuribdi. Biz o‘zbeklarni hech kim eshitmaydi, norozilik bildirsa darhol ishdan bo‘shatishadi,” dedi ishchilardan biri.

Видео Enter Engineering shirkatining qozoq ishchilari namoyishga chiqdi канала Eltuz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
26 февраля 2024 г. 18:10:19
00:00:44
Яндекс.Метрика