Загрузка страницы

Shokolad pastali kapkeyklar

Qaymoqli kremli, shokoladli asosga ega kekslar bayram dasturxoni va oilaviy choy ichishlar uchun to’g’ri keladi.

Oila a’zolaringizni bunday ajoyib shirinlik bilan siylang.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:
Adjust Servings:
12 ta

XAMIRIGA
150 gramm margarin yoki sariyog'
2 ta tuxum
75 millilitr sut
200 gramm un
150 gramm shakar
1,5 choy qoshiq qabartma
4 osh qoshiq kakao kukuni
100 gramm "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
KREMIGA
200 gramm tvorogli pishloq
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi
2 choy qoshiq "Crafers" shokolad va yong'oqli pasta
bezak uchun shokolad bo'laklari

Qadam 1
Kapkeyk tayyorlaymiz:
Un, qabartma va kakaoni aralashtiramiz.

Qadam 2
Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Ko'pirtirishni davom ettirib, birma-bir tuxum solamiz.

Qadam 4
So'ngra sut solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 5
Hosil bo'lgan massaga quruq aralashmani qo'shib, yaxshilab mikserda aralashtiramiz.

Qadam 6
Xamirni konditer qopchasiga yoki paketga solamiz. Tagini kesib, keks uchun mo'ljallangan qoliplarni ⅓ qismini to'ldirib chiqamiz.

Qadam 7
Har bir keksning o'rtasiga 1 choy qoshiqdan shokolad pastasini solib, ustidan qolgan xamirni quyamiz.

Qadam 8
Kekslarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa pishiramiz.

So'ngra xona haroratida sovutamiz.

Qadam 9
Krem tayyorlaymiz:
Qaymoqni shakar upasi bilan qattiq holga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tvorogli pishloq qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 11
Shokolad pastasini qo'shib, mikserda aralashtiramiz.

Qadam 12
Kremni konditer qopchasiga qo'yib, sovugan kekslar ustini bezatamiz.

Qadam 13
Ta'bga ko'ra kekslarni shokolad bo'laklari va biskvit uvoqlari bilan bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida

Yanada ko'proq retseptlar — https://zira.uz da

Facebook: https://www.fb.com/zirauz
Instagram: https://www.instagram.com/zirauz/
O'zbek tilidagi telegram: https://t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram: https://t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: https://t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15
Reklama bo'limi raqami: (+99878) 148−14−15

Видео Shokolad pastali kapkeyklar канала Zira.uz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
22 апреля 2020 г. 23:34:53
00:01:31
Яндекс.Метрика