Загрузка страницы

Sukunatingiz bilan ularni jazolang-Hayotiy saboq!

Audiokitoblar va foydali, motivatsion videolarni birinchilardan bo'lib biz bilan kuzating!
Kanalga obuna bo'lish uchun manzil: bit.ly/3av8PKH
Bizni telegramda ham kuzating: t.me/nurlimedia

Sukunatingiz bilan ularni sarosimaga tushiring.
Biz insonlarda eng ko’p uchraydigan muammolardan biri hali aytilmagan gapni o’z o’rnida ayta olmasligimizdir. Barchamiz ham bu muammodan aziyat chekkanmiz. Va ko’p hollarda, nega bu muammoga duch kelishimizning sanoqsiz sabablari bo’ladi. Biz odamlarga o’z qadr-qiymatiga ega bo’lgan inson ekanligimizni ko’rsatib qo’ymoqchi bo’lamiz. Biz o’zimizni boshqalardan baland ko’ramiz va boshqalarni yerga urmoqchi bo’lamiz. Ba’zida esa qo’pollik bilan, yuqori hurmatga erishmoqchi bo’lamiz. Arzirli martabaga erishish va boshqalar bizni muhim inson sifatida ko’rishi uchun har qanday gapni aytishga tayyor turamiz. Bu jarayonda esa biz aytishimiz kerak bo’lganidan ko’ra ko’proq gaplarni aytib qo’yamiz. Biron marotaba sukunatning ahamiyati to’g’risida o’ylab ko’rganmisiz? Bizga nima uchun ikkita lab berilgani yoki nega o’ylash uchun miya berilgani haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Biz gapirish kerak bo’lgan va kerak bo’lmagan vaqtni anglab olishimiz uchun bizga fikrlaydigan miya berilgan. Gapirish kerak bo’lgan vaqtni va sukut saqlash kerak bo’lgan vaqtni oldindan bilishimiz lozim. Atrofimizdagi vaziyat va hodisalar bizni gapirishga majbur qilsada, avval o’ylab olishimiz kerak. Ha, hayot ba’zida murakkab va og’ir bo’lishi mumkin. U sizni muvozanatdan chiqarib yuborishi va mantiqsiz harakatlar qilishga undashi mumkin. Garchi, ko’plab voqea hodisalarni nazorat qila olmasangizda, o’z hayotingiz butunligicha shaxsiy nazoratingiz ostida. Boshqalarga e’tibor qilishdan ko’ra, o’zingizni anglashga ruining. Haddan ziyod ko’p gapirish oxir-oqibat o’zingizning ziyoningizga ishlashi mumkin. Kamroq gapirib, odamlar uchun sirli tuyulsangiz, ular sizning chegarangizni hatlab o’tisholmaydi. Boshqalarning qo’liga sizga hujum qilishi uchun qurol berib qo’ymang. Mulohazakor bo’ling. Fikrlaringizda va gap-so’zlaringizda sezgir bo’ling, odamlar siz haqingizda aniq fikrga ega bo’la olishmasin. Ular sizga hayrat va diqqat bilan boqsinlar. Kishilar sizga baqirgan chog’da ham, hech narsa qilmang, hech narsa demang. Siz istamagan payt sizni chaqirishlari mumkin. Sokinlikni saqlang va hech narsa demang. Bu orqali siz ularga emas, balki o’zingizga yordam berayotgan bo’lasiz. Sizdan hech bir gap olisholmagach, keyingi safar sizga gapirishmoqchi bo’lishganda, oldindan o’ylab olishadi. Ular siz haqingizda o’ylaganlarida aniq bir fikrga kela olmay qoladilar. Sizning sukunatingiz ularning qat’iyatini sindiradi. Sukunatingiz ularning siz haqingizdagi tasavvurlariga zarba beradi. Endi ular sizga qanday munosabat qilishni bilmay qolishadi. Siz ularga qalbingiz eshigini ochib bermaysiz. Bu do’stlari bilan ziyofatga boradigan ammo raqsga tushmaydigan kishining holatiga o’xshaydi. Hech kim uning raqsga tushish uslubini mazxara qilmaydi. Nima uchun? Chunki u raqsga tushmadi. Ular siz haqingizda turfa xil tasavvurlar shakllantira boshlaydilar, chunki siz ularga aniq tasavvur shakllantirish uchun imkoniyat yaratib bermaysiz. Nima uchun o’zingizning yaxshiroqligingizni va ularning noto’g’ri yo’lida ekanligini isbotlashdan ko’ra, shunchaki sukut saqlab, orzuyingiz yo’lida mehnat qilishda davom etishingiz yaxshiroq emasmi? Orzularingiz atrofingizni o’rab turgan vaziyat va holatlardan ustunroq turishini hech qachon xayolingizdan chiqarmang. Mashhur bir gapni eshitgan bo’lsangiz kerak: Sukunat axmoqqa beriladigan eng yaxshi javobdir. Atrofingizdagi odamlarning hammasi axmoq bo’lishi shart emas, chunki orzuyingiz tomon qurilgan yo’ldan yurish faqat sizning foydangizga ishlaydi. Ularni sukunatingiz bilan chalg’itib, siz haqingizda hayrat bilan o’ylashlariga qo’yib bering.
Bu videoni ko'rib tashvishlardan qutilish uchun nima qilish kerakligni o'rganasiz.

Видео Sukunatingiz bilan ularni jazolang-Hayotiy saboq! канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
31 октября 2021 г. 17:12:20
00:04:58
Яндекс.Метрика