Загрузка страницы

Mobil-salom: AQSh-Afg'oniston-O'zbekiston

Afg'oniston: Vashington, Kobul va Toshkent birga harakat qiladi

27-may kuni Vashington, Toshkent va Kobul orasida yuqori darajali diplomatik video anjuman kechdi. Uch davlat yangi kelishuvni muhokama qilgan: Afg'oniston kelajagi borasida birga ishlash.

AQShdan Davlat kotibining siyosiy masalalari bo'yicha muovini Deyvid Heyl, Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov olib borgan muloqotda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va taraqqiyot bilan bog'liq masalalar xususida gap ketdi.

Nima uchun bu muloqotda Turkmaniston va Tojikiston yo'q? Bu davlatlar Afg'oniston bilan O'zbekistonga qaraganda uzunroq chegaraga ega.

Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul Jonatan Henik (Jonathan Henick) "Amerika Ovozi" bilan muloqotda deydiki, Vashington Turkmaniston va Tojikiston bilan ham Afg'oniston yuzasidan o'ziga xos hamkorlik qilib keladi va ular bilan dialog davom etadi.

"O'zbekiston, AQSh va Afg'oniston orasidagi bu yangi tashabbusga eksperiment sifatida qarayapmiz. Uchala taraf ham bunga tayyor va birga ishlash istagi kuchli. Hozirgi iroda va xohishdan kelib chiqqan holda shu ishga bel bog'ladik", - deydi Henik.

Bu tashabbusning C5+1, AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati ishtirokidagi platformadan nima farqi bor? Unda ham yuqoridagi maqsadlar olg'a surilgan. Unda ham Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun birga harakat qilish ustuvor yo'nalish sifatida belgilangan.

"Uch tomonlama hamkorlik, tabiiyki, C5+1 ga qaraganda kichikroq doira va diplomatik jihatdan aynan shu uch davlat uchun muhim ishlarni birga qilishni osonlashtiradi. Ya'ni, AQSh shu paytgacha qo'shilgan biror davradagi rolini pasaytirmaydi, balki bu yangi tashabbus bilan uni oshirish niyatida", - deydi Henik.
Tomonlar qator yo'nalishlarda o'zaro kelishuv asosida qadam tashlashini qayd etdi. Tafsilotlar: https://www.amerikaovozi.com/a/5438362.html

Видео Mobil-salom: AQSh-Afg'oniston-O'zbekiston канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
29 мая 2020 г. 2:04:53
00:14:56
Яндекс.Метрика