Загрузка страницы

DTM RAHBARI BILAN SUHBAT: BU YILGI TEST JARAYONLARIDAN NIMALAR KUTILMOQDA?

Bir necha kunlardan keyin Oʻzbekistondagi Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Xoʻsh, bu yilgi test imtihonlari shaffofligi qay darajada, qanday ishlar amalga oshirildi, shuningdek, abituriyentlar uchun qulaylik va yangi imkoniyatlar nimalarda aks etadi?

Kun.uzʻning navbatdagi suhbatdoshi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov shu va boshqa savolllarga batafsil javob qaytardi.

0:42 - Joriy yilgi imtihonlar avvalgilariga qaraganda nimasi bilan farqlanadi? Abituriyentlar uchun yangiliklar nimalardan iborat?

5:05 - DTM 2019-20 oʻquv mavsumi oldidan oliygohlarga hujjat topshirishning pulli mexanizmini qabul qildi. Aslida, bu chora nima uchun qoʻllandi?
Shuningdek, avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan DTM jamgʻarmasiga qancha mablagʻ tushdi, ularning shaffof ishlatilishi boʻyicha qanday choralar amalga oshiriladi?

9:00 - Davlat test markazi jamgʻarmasiga yigʻilgan mablagʻlar qaysi organ tomonidan nazorat qilinadi?

09:28 - Oʻtgan yili test imtihon javoblarining tezda chiqishi bilan bogʻliq muammolar kuzatilgandi, xoʻsh, mazkur muammolar nima bilan bogʻliq va joriy yilda ularning qaytarilmasligi uchun qanday choralar koʻrildi?

11:04 Matematika va informatika savollarinig bir blokda tushirilishi koʻp muhokama sabab boʻldi va oqibatda bu bekor qilindi. Lekin nega muhim qarorlar imtihon boshlanishi arafasida paydo boʻlyapti?

12:53 - Harbiy imtiyozga ega abituriyentlar belgilangan kvota doirasida bellashishadi. Ayrim OTMlar bu meʼyorni barcha kvotaning boʻlagi deb bilsa, boshqalar fakultet darajasidagi oʻlchov sifatida olyapti. Aniqroq qilib aytganda, aslida, harbiy imtiyozga ega abituriyent qanday shartlar bilan oʻqishga kirishi mumkin?

14: 45 - Joriy yilda abituriyentlarga uchta yoʻnalishni tanlash imkoniyati berildi. Koʻp yangi tartiblar oʻrnatildi. Ammo ularning huquqiy asosiga kelganda, aniq javob topish qiyin boʻlyapti. Vazirlar Mahkamasining 261 hamda 393-sonli qaroriga haligacha oʻzgarishlar kiritilmadi. Bizningcha, juda koʻp yangiliklar ogʻzaki topshiriq asosida amalga oshirilayotgandek. Toʻgʻri, ular abituriyentlar foydasiga boʻlmoqda, ammo huquqiy hujjatning yoʻqligi ertaga muammolarni keltirib chiqarmaydimi?
Masalan, test sinovlari joriy yilda 29-iyuldan boshlanadi, deya belgilanibdi. Buning huquqiy asosi qayerda?

16: 27 - Oʻtgan yili test imtihonlariga oʻringa-oʻrin kirish holatlari kuzatilgandi. Yuzni tekshiradigan texnologiyalar takomillashtirildimi va bunday holatlarning oldini olish maqsadida qanday ishlar amalga oshirildi?

19:00 - Test imtihonlari oʻtkazilishida bloklar ketma-ketligi qanday boʻladi, yaʼni, iqtisodiy yoʻnalish, tibbiyot, sanʼat aloxida aloxida oʻtadimi yoki bir vaqtdami?

20:23 - Davlat test markazi saytida testlar qay tartibda joylanadi va ularni markaz satiga barcha fanlardan koʻproq joylashning iloji boʻladimi?

23:22 - Oʻtgan bir yil ichida 5-6ta holat boʻyicha DTM va Davlat qabul komissiyasi abituriyentlar daʼvosi bilan sudda yutqazdi. Bu holatlar tashkilot imijiga putur yetkazmayaptimi? Shunday holatlar nega yuz beryapti?

30:05 - DTM ommaviy test jarayonlarini tashkil etish modulidan voz kechib, maktab bitiruvchilarining bilimini aniqlash, (YEGE) turli paytlarda imtihon topshirish usuli (IELTS, TOEFL) tanlashi mumkinmi?

KUN.UZ янгиликлар сайтининг Youtube`даги расмий каналига хуш келибсиз!
Расмий вебсайт: http://kun.uz/
Telegram каналимиз: https://telegram.me/kunuzofficial
Facebook`даги сахифамиз: https://www.facebook.com/kunuznews/
Бизни Twitter`да кузатинг: https://twitter.com/KunUzNews
Instagram`да кузатинг: https://www.instagram.com/kun.uz/
OK.ru`даги саҳифамиз: http://ok.ru/kunuznews
Вконтакте`да хам бизни кузатинг: https://vk.com/kun_uz

Видео DTM RAHBARI BILAN SUHBAT: BU YILGI TEST JARAYONLARIDAN NIMALAR KUTILMOQDA? канала KunUZ
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
24 июля 2019 г. 21:59:49
00:33:46
Яндекс.Метрика