Загрузка страницы

"Ajoyib ALIFBO" o‘zbek alifbosini o‘rgatadigan o‘quv ilovasi (App) - "Sumalak Media" taqdim etadi!

"Ajoyib ALIFBO" ("Amazing ALPHABET") - (lotin yozuviga asoslangan) o‘zbek alifbosini o‘rgatadigan o‘quv ilovasi. Ushbu ilova 2 yoshdan oshgan bolalarga o‘zbek alifbosining harflarini o‘yin tarzda o‘rganish uchun mo‘ljallangan. O‘quv ilovasida ommabop bo‘lgan „memory“ (xotira) o‘yin uslubi (o‘xshash yoki mos keladigan kartalarni topish) qo‘llanilgan.

"Ajoyib ALIFBO" o‘quv ilovasi orqali „Sumalak Media“ YouTube kanalimizdagi o‘quv videolaridan o‘zbek alifbosi bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash mumkin.

"Ajoyib ALIFBO" quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- „Memory“ o'yiniga asoslangan quyidagi uchta mashg‘ulot:
• o‘zbek alifbosi harflariga mos keladigan rasmlar va so‘zlar juftliklarini topishga qaratilgan bitta mashg‘ulot (masalan, archa rasmi va “ARCHA” yozuvi ifodalangan ikkita juft kartani topish)
• o‘zbek alifbosining bosh harflari juftliklarini topishga qaratilgan bitta mashg‘ulot (masalan, "A" harfi ifodalangan ikkita kartani topish)
• o‘zbek alifbosining bosh harflari va ularga tegishli rasmlar juftliklarini topishga qaratilgan bitta mashg‘ulot (masalan, "A" harfi ifodalangan karta hamda unga mos archa rasmi va "ARCHA" so‘zi ifodalangan kartani topish)
- o‘yin o‘ynashni tushuntiradigan animatsiya
- "Sumalak Media" YouTube kanalining o‘zbek alifbosini o‘rganish bo‘yicha videolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola
- kartalarning juftlari topilganda yulduzchalar orqali hamda bola ovozi bilan o‘zbek tilida aytilgan turli xil maqtov xitoblari asosidagi maxsus rag‘batlantirish tizimi
- kartalarning juftlari mos kelmaganda xato ekanligini tasviriy va bola ovozi bilan ifodalash
- har bir o‘yin turi uchun muvaffaqiyat darajasini (kartalarning juftlari topilganligi va mos kelmaganligini) ko‘rsatadigan statistika

Ilovaning boshqa xususiyatlari:
- Ilovadan internetga ulanmasdan (offline) foydalanish mumkin. Faqatgina "Sumalak Media" YouTube kanalidagi o‘quv videolarini tomosha qilish uchun internet tarmog‘iga ulanish lozim.
- Ilova xotira qobiliyatlarini (narsalarni eslab qolish) rivojlantirishga yordam beradi.
- Ilovadan foydalanish ortiqcha izohlarsiz tushunarli bo‘lib, uni o‘ynash juda oson.
- Ovozli effektlarni yoqish / o‘chirish mumkin.
- O‘yin raundlari chegaralanmagan.

"Ajoyib ALIFBO" ilovasini "Google Play"dan yoki quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/30CW92K

"Ajoyib ALIFBO" ilovasini yanada takomillashtirishda fikr va mulohazalaringizni inobatga olishga harakat qilamiz. Ilova yuzasidan konstruktiv takliflaringizni kutib qolamiz.

- - - - - English version - - - - -

“Ajoyib ALIFBO” (“Amazing ALPHABET”) is a learning App to teach Uzbek alphabet (Latin script based). This App is designed for children from the age of 2 to learn the letters of the Uzbek alphabet playfully. The learning App uses the method of the very popular memory game.

“Ajoyib ALIFBO” is a kind of training App which complements the videos for learning Uzbek alphabet on our YouTube channel “Sumalak Media”.

“Ajoyib ALIFBO” includes:
- the following three memory game based activities:
• one activity with pictures and words corresponding to the letters of Uzbek alphabet (e.g. finding a pair of cards with picture of fir tree [in Uzbek “archa”] and a word “ARCHA”)
• one activity with capital letters of Uzbek alphabet (e.g. finding a pair of cards with the letter “A”)
• one activity in combination of capital letters of Uzbek alphabet and corresponding pictures (e.g. finding a card with the letter “A” and a corresponding card with a picture of fir tree [in Uzbek “archa”] and a word “ARCHA”)
- animated intuitive tutorial to show how to play the game
- direct link to the videos for learning Uzbek alphabet on our “Sumalak Media” YouTube channel
- reward system (feedback) indicating successful matches of cards with stars and special motivating exclamations (in Uzbek) with child’s voice
- visual and voice feedback of mismatches
- statistics of successful matches and mismatches for each round

Other features:
- it is possible to use the App without internet connection (offline). Internet connection is needed only to watch the learning videos on our YouTube channel “Sumalak Media”.
- App also trains the memory skills
- App is intuitive to use and easy to play
- possibility to switch voice effects on /off
- unlimited playing rounds

You can download "Ajoyib ALIFBO" on Google Play or from this link: https://bit.ly/30CW92K

We will try to take your feedback into account in further improving the “Ajoyib ALIFBO” App. We look forward to your constructive suggestions on the application.

Видео "Ajoyib ALIFBO" o‘zbek alifbosini o‘rgatadigan o‘quv ilovasi (App) - "Sumalak Media" taqdim etadi! канала Sumalak Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 июня 2020 г. 4:11:10
00:01:52
Яндекс.Метрика