Загрузка страницы

Savol-javoblar || 14.11.2018 || Shayx Sodiq Samarqandiy

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagilardir:

01:13 Xatmi Quron qildirish dinni masxara qilish va Allohning oyatlarini pulga sotishga kirib qolmaydimi?
07:51 Choyxona qorovuli, ortgan taomlarni farzandlariga olib borib yedirishi joizmi?
10:26 Ayrim birodarlarimiz namozdagi amallarni aralash, ya’ni ba’zilarini shofeiy, ba’zilarini esa hanafiy mazhabiga asosan bajarishadi. Bunday qilish to‘g‘rimi, uning namozga ta’siri yo‘qmi?
20:32 Qa’dada chap oyoq ustiga o‘tirib, o‘ng oyoqni tik tutib, barmoqlarini qiblaga qaratib turish huzur-hulovatni buzsa, nima qilish kerak yoki oyoqlar o‘rganguncha sabr qilish kerakmi?
22:25 Biron davlat fuqaroligini olish yoki pul uchun o‘sha davlat fuqarosi bo‘lgan ayolga shunchaki hujjat uchun rasmiy nikohdan o‘tish joizmi? Masalan, shu maqsadda rus ayoliga faqat rasmiy hujjatlarda nikohdan o‘tish joizmi?
23:37 «Kambag‘al ham odammi, kambag‘allar dangasa bo‘ladi», deyish to'g'rimi?
32:29 Nafl namozlar va zikrlarda malum miqdorlarni qasddan odat qilib olish noto'g'rimi?
34:12 Ustoz, bir kishi qarz olgan edi. Bir necha oydan beri bermayapti. Telefon qilib: «qiynalib qoldim, juda og’ir holatdaman», deb yolg’on gapirsam bir miqdorini beradi. Shunda ham hammasini emas. Qarzimni undirib olish uchun shunday yolg’on ishlatsam bo’ladimi?
36:47 Hijratda yurgan oilaning qizi ibodatda yurishdan bosh tortyapti, ustiga ustak unashtirib qo'yilgan. Maslahat bersangiz.
44:51 Rosululloh ﷺ ning «Agar Allohdan boshqani do'st tutish mumkin bo'lsa Abu Bakr Siddiqni do'st tutgan bo'lardim» degan mazmunda hadislari bormi? Shu hadis haqida tushuncha bersangiz.
48:52 Rosululloh s.a.v «Ummatim 73 ga bo'linib ketadi, shulardan 72 tasi do'zaxda» degan ekanlar, bu gap hozirgi mazhablar haqidami? Shu haqda tushuncha bersangiz.
54:57 Farzandning qilib yurgan ishlariyu gunohlarining kasri ota-onaga uradimi? Yoki aksi, ota-onaning gunohlari farzand yohud keyingi avlodga zarari bo'ladimi? O'zi kasri urish degan narsa bormi va bu haqda hadis bormi?
1:01:14 Dadam meni ko'p urushadilar, lekin hech maqdab yaxshi gapirmaydilar? Ularning bu ishlari to'g'rimi? (qiz bola savol bergan)
1:03:20 Assalomu alaykum, ustoz. «Ashhadu anna Aliyyan valiyyulloh» degan so‘zning ma’nosi nima? Bunday degan odamning hukmi nima bo‘ladi?
1:05:12 Ish haqini ikki tarafdan ham olish joizmi? Ikki taraf ham bundan bexabar.
1:07:16 Bir ilmli inson: «Sadaqa va xayriyalarni taqvodorning qo‘li orqali berilsagina Alloh qabul qiladi» dedi. Shu gap to‘g‘rimi?
1:09:19 Bankdagi omonat pulning foizlari ribo ekanligi haqida nasihat qiling.
1:13:14 Ustoz, odamlarni ishlatib, aldab, pulini bermay yurgan insonlarga bir nasihat qilsangiz. Ular haqida shariat hukmi nima, shu haqda ma’lumot bersangiz.
1:16:06 Tabarruk qilish nima? Biz ham tabarruk qilsak joiz bo'ladimi?
1:19:22 Namozda sajdadan turayotib qo'lga tayanib tursa bo'laveradimi?
1:20:13 Bir qo‘shnimizning ayoli sakarot holatida edi, eri bosh tarafida turib: «Xotin, men roziman, roziman» deb turdi, sababi jon chiqishi oson bo‘lishi uchun deyishdi. Shu ish to‘g‘rimi?
1:21:55 Farzandlarimizga Allohnin qanday tanitishimiz kerak?
1:24:56 Otam har xil irim-sirimlarga ishonadi, dasturxonda biror soch tolasi topsa ham uydagi ayollarni irim-sirim qilishda ayblab urushadi. Irim-sirim haqida shariatimizda nima deyilgan?
1:27:56 Bir singlimizni eri Rossiyaga chaqirib, 15 kundan keyin haydavoribdi. Bilsak, u bolaning rus xotini bor ekan. Sen bilan 15 yildan keyin O‘zbekistonda yashayman, depti. U kelin nima qilishi kerak, maslahat bersangiz.
1:29:49 Foyda-zararga qarab ish yuritishning me’yori nima?
1:38:50 Ustoz, pul berib ilm olsam ilmimdan baraka topmaymanmi?
1:42:11 Ustoz, bir mo‘min yigit bir qizni yaxshi ko‘rib, unga erisholmay, uning ishqida vafot qilsa, uning hukmi nima bo‘ladi?
1:44:31 Zakot niyatida singlimning hojatlarini ketkazsam bo'ladimi?
1:46:10 Jon oluvchi farishtani «Azroil» deyishadi, shunday deyish to‘g‘rimi? Eshitishimcha, bu nom hadislarda kelmagan, balki uning nomi «Malakul mavt» ekan. Yoki Azroil desa ham bo‘laveradimi?
1:48:06 Ustoz, mahmadonalik qilma deyish, payg'ambarimizga nisbat berib "Muhammad dono" degan so'zdan kelib chiqqanmi?
1:50:08 Bir kishi bugun ertalab soat 10da vafot etsa, uning o'gli shu kuni kechasi soat 10da boshqa shahardan uchub kelguncha mayyitga janoza o'qimay kutib turish joizmi?
1:51:06 Munajjimlar bashoratiga ishinuvchi kishilarning hukmi nima?
1:52:15 Zakotni ramazon oyida ajratib qo'yib, boshqa vaqt ega-egalariga tarqatib yursa bo'ladimi?
1:52:55 Ov qilishda miltiq bilan 4-5 marta o'q otish bilan jonliqni o'dirish joizmi? Yoki bitta o'q bilan o'dirish kerakmi?
1:54:43 Bugungi kunda ko'p ayollar Rossiyaga chiqib, eri bo'lishiga qaramay vaqtinchalik erga tegib olishmoqda. Bunday ayollarga nasihat qilsangiz
1:56:47 Ota o'g'lidan soqolini olishni qattiq talab qilsa va agar olmasang bu uyda yashamaysan, deb aytsa o'g'il nima qilishi kerak?

Видео Savol-javoblar || 14.11.2018 || Shayx Sodiq Samarqandiy канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 января 2019 г. 16:29:33
01:58:44
Яндекс.Метрика