Загрузка страницы

81-Таквир (Takvir surasi)

Bu sura Makkada nozil qilingan bo'lib, yigirma to'qqiz oyatdir.

U Qiyomat qoyim bo'lganida butun Koinotda ro'y beradigan dahshatli inqilob — o'zgarishlar tasviri bilan boshlanib, ana o'sha Kunda har bir jon o'z hayotida qanday amallar qilib o'tganini bilib, iqror bo'lishi haqida xabar beriladi.

So'ngra Alloh taolo O'zi yaratgan bir necha mavjudot nomiga qasam bilan Qur'oni Karim farishta Jabroil keltirgan Ilohiy so'z ekanini va ushbu Kalomullohning biron oyatini qoldirmasdan insonlarga yetkazib berayotgan Muhammad alayhis-salom majnun emasliklarini ta'kidlaydi.

Sura davomida insonlarga xitob qilinib, ulardan qo'llarida Haq yo'lini ko'rsatib turgan shunday buyuk Kitob mavjud bo'la turib, o'zlari uchun yana qanday yo'l axtarib ketayotganlari so'raladi.

Sura Qiyomat kunida butun yer yuzini yoritib va isitib turadigan quyosh ham o'ralib, nursizlanib qolishi xususidagi oyat bilan boshlangani sababli «Takvir — O'ralish» deb nomlangandir.

Видео 81-Таквир (Takvir surasi) канала islomtv
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 марта 2009 г. 5:20:13
00:02:05
Яндекс.Метрика