Загрузка страницы

Tavakkal Qodirov. Mumtoz va xalq qo'shiqlari - Xurshid Davron kutubxonasi

Tavakkal Qodirov. Mumtoz va xalq qo'shiqlari

1. Bizni tashlab
2. Dogʻiman
3. Fargʻona
4. Fargʻona tong otguncha
5. Fasli navbahor oʻldi
6. Gʻunchamidi
7. Deyman
8. Kecha oydin
9. Oʻxshaydiku
10. Sohibjamolim
11. Suvora
12. Tanavor
13. Toshkent irogʻi
14. Ustina

Tavakkal Qodirov (1926.24.4, Quva tumani — 1996.13.4, Farg‘ona) — xonanda (lirik tenor), O‘zbekiston xalq artisti (1989). Farg‘ona musiqa bilim yurti (1961) va Farg‘ona ped. instituti (1990) ni tugatgan. Dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va g‘ijjak (skripka) chalishni, “Dugoh”, “Segoh” kabi mumtoz cholg‘u kuylarini, G‘. va Ye.Hoshimovlardan ashula yo‘llari, (“Yolg‘iz”, T.Jalilov; “Oʻltirg‘usi”, J.Sultonov va boshqalar)ni o‘rgangan. Keyinchalik K.Otaniyozov, J.Sultonovdan o‘zbek mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalarini o‘zlashtirgan. Quva tumani madaniyat uyida badiiy rahbar (1951-59), Farg‘ona teatri (1959-78), Farg‘ona viloyatlararo filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1978— 91), direktor (1978 — 83), Farg‘ona universitetida prof. (1991 yildan). Betakror, shirali, jarangdor va tiniq, nihoyatda keng va yuqori diapazonli ovoz sohibi. Ijro uslubi baland avjlarni keng ishlatilishi, ravonlik, keng nafas, har bir soʻzini donadona qilib aytishi bilan ajralib turadi. Ijodiga bag‘ishlangan 2 telefilm (1963, 1992) va videofilm (1991) suratga olingan. Ijrolari bir necha gramplastinka va O‘zteleradiokompaniyasi fonotekasiga yozilgan. N. Hamroqulov, N.Haydarov, S.Mannopov, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist A.Karimov va boshqalarga ustozlik qilgan. Farg‘onada san’at kolleji hamda ko‘chalardan biriga Tavakkal Qodirov nomi berilgan.

Видео Tavakkal Qodirov. Mumtoz va xalq qo'shiqlari - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 октября 2018 г. 6:00:01
01:19:59
Яндекс.Метрика