Загрузка страницы

Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni

Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni. Mamlakat bo'ylab 11 mingga yaqin amerikalik tartibni buzganlikda gumon qilinib, hibsda. Yirik shaharlarda irqchilikka, ijtimoiy-iqtisodiy adolatsizliklarga qarshi chiqishlar to'xtamayapti. Oq uy namoyish qilish uzviy huquq deya tan olsa-da, xavfsizlikka tahdid solganlarga nisbatan kuch ishlatiladi, deya ogohlantirib turibdi. Politsiya, Milliy Gvardiya va qo'shimcha harbiy kushlar shay holatda. 25-may kuni Minnesota shtatida 46 yoshli qora tanli Jorj Floyd politsiya qo'lida jon bergan. Politsiyachi ikkinchi darajali qotillikda ayblanmoqda. Yana uch politsiyachi ustidan jinoyat ishi ochilgan. Floyd o'limidan keyin boshlangan namoyishlar 30 ga yaqin shtatda kuzatilmoqda. Oxirgi uch kundagi chiqishlar nisbatan tinch va tartibli kechgan.

Видео Jonli efir: Oq uy oldida norozilik namoyishlarining sakkizinchi kuni канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 июня 2020 г. 4:19:19
00:32:33
Яндекс.Метрика