Загрузка страницы

ТЕЗКОР ЯНГИЛИК! KOREYAGA VIZA OLISH OSONLASHDI!

🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇰🇷🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

​​Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi viza olish jarayonini soddalashtirdi

2018 yil 21 sentabrdan boshlab Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tanlangan to'qqizta vakolatli sayyohlik firmalari orqali hujjatlarni taqdim etishning yangi tartibini joriy etmoqda.
«Koreya Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi do'stona munosabatlar mustahkamlanishi munosabati bilan viza olish uchun ariza berganlar soni keskin o'sdi. Bu esa, o'z navbatida, tekshirish va viza berishda biroz kechikishlarga, ariza beruvchilarning hujjatlarni topshirish vaqtida va natijalarni olishida kutib qolishiga olib keldi», - deyiladi elchixona xabarida.
Yuqoridagi muammolarni hal qilish maqsadida elchixona to'qqizta sayyohlik firmasini tanlab oldi, ular viza olish uchun hujjatlarni topshirish va elchixonaning o'rniga vizalarni yoki rad javobini berish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi.
Diplomatik missiyadan ta`kidlashlaricha, shu sababli murojaat etuvchilar qulay joylashgan vakolatli sayyohlik firmalariga hujjatlarni taqdim etishlari va u yerdan tayyor vizalarni olishlari mumkin. Shu tariqa, ularning vaqti va puli tejaladi. Ushbu qoida hujjatlarni topshiruvchi O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va xorijiy fuqarolarga nisbatan amal qiladi.
Shuni nazarda tutingki, 2018 yil 21 sentabrdan 2018 yil 1 oktabrgacha elchixona hujjatlarni qabul qilish va natijalarni berish faoliyatini vakolatli sayohatlik firmalari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Shu bilan birga, 2018 yil 2 oktabrdan boshlab hujjatlarni qabul qilish va natijalarni berish faqatgina vakolatli turistik firmalar orqali amalga oshiriladi.
Vakolatli sayyohlik firmalari Toshkent va Samarqandda joylashgan.

Sayyohlik firmalari ro'yxati:

1. GOLDEN TOUR

Tashkent, Yakkasaray District, Little ring road

+998 90 347 0001

2. VIP-LARUS

Tashkent, Shota Rustaveli street, 12

+998 94 620 0747

3. ORIGINAL EVEREST

Chlanzar region, Zynr rorvon 10

+998 98 307 6565

4. AYURVEDA TOUR

Tashkent, Bunyodkor street, 52, «Integro», Block B, second floor

+998 97 446 0909

5. ORIENT DESK SERVICE

Tashkent, Algoritm 235, 14-52

+998 99 481 0006

6. FLY TEAM

3 Shakhrisabz Street, Tashkent

+998 90 326 7299

7. BESTA

Tashkent, Bobur street. 74,

office 203

+998 97 707 5452

8. ONGDALSAM

(Самарканд)

140100 Uzbekistan, Samarkand, Mironshokh street, 22

+998 90 605 0337

9. ASPAN TOUR

Tashkent, shota Rusraveli Street, 54/2

+998 90 999 1462

Instagram manzilim: https://instagram.com/hayot_uz_official?utm_source=ig_profile_share&igshid=y2u1xnyr13ys

Видео ТЕЗКОР ЯНГИЛИК! KOREYAGA VIZA OLISH OSONLASHDI! канала HAYOT UZ
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 сентября 2018 г. 22:23:21
00:06:09
Яндекс.Метрика