Загрузка страницы

Savol-javoblar || 22.04.2020 || Shayx Sodiq Samarqandiy

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagilardir:
01:10 1. Namozdagi sajda va rukuda aytiladigan zikrlarni namozdan tashqarida ham aytib yursa bo‘ladimi?
02:33 2. Sotishni niyat qilib avtosalonga mashina uchun pul to‘lagan edik. Shu mablag‘dan ham zakot chiqariladimi?
03:09 3. Ustoz, er ayoliga: «Meni ikkinchi ayolga uylantirsang, sendan rozi bo‘laman», deyishi mumkinmi? Ayol kishi erini nima ishlarda rozi qilishi kerak?
06:46 4. Kitob o‘qisam esimda qolishi qiyin yoki umuman esda qolmayapti. Bir birodarim: «Esda qolmasa ham o‘qiyver», deb aytadi. Ustoz, xotiramni kuchaytirish uchun nima qilsam bo‘ladi?
09:17 5. Bu yil taroveh namozlari jonli efirga uzatiladi, deyishyapti. Televizordagi imomga iqtido qilib namoz o‘qish joizmi?
11:12 6. Otam vafot etgan, onam tiriklar. Silai rahm qilib, onamning holidan xabar olay, roziligini olib kelay, desam, qaynona-qaynotam ruxsat bermaydilar. Farzandlarim katta bo‘lib qolishgan. Ularning oldida onam va mening obro‘yimga yomon so‘zlarni aytishadi. Urf bo‘yicha onamni ziyorat qilishim mumkinligini ularga tushuntirolmayapman. Iltimos, shunday qaynona-qaynotalarga nasihat qilsangiz.
15:41 7. Ulamolar ijtihodi deganda nima nazarda tutiladi?
17:53 8. Domla, onam uyimning chirog‘ini yoqib qolgin, derdilar. Onam olamdan o‘tdilar. Farzandlarimning to‘ylari va qarzlarimni uzishim uchun pulga ehtiyojim bor. Onam shu uyni obod qilishimni xohlardilar. Lekin bu toqatimdan ortiq ish bo‘lyapti. Shu uyni sotib arzonrog‘idan olsam, qolgan pulni ehtiyojlarimga ishlatsam bo‘ladimi?
19:12 9. Bir amalni boshida Alloh roziligi uchun qilib, malum vaqt o’tgandan keyin shayton qalbimga shu amalni qilganim uchun pushaymonlik hissini paydo qilsa u amalni Alloh qabul qilmagan, yoki ixlos yo’qolgan bo’ladimi?
27:46 10. Namozning oxirida esdan chiqib, salom bermasdan namozdan chiqib ketsa, nima qilish kerak?
29:01 11. Bu fitna zamonda ilmni oshkora tarqtuvchi banda bo’lgan yahshimi, yoki o’z ibodatini qoyim qiluvchi maxfiy banda bo’lish yaxshimi? Xossatan ayollar ichida.
34:14 12. Yomon gumon va farosat ilmini qanday ajratamiz?
38:26 13. Qizning dadasi rozilik bergandan so‘ng yarim nikoh bog‘lanadi, deb eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
39:40 14. Suvga siyish makruh gunoh sanaladi. Hozirgi zamonaviy hojatxonalarda suv ustiga hojat chiqishga to'g'ri keladi. Bu uchun gunohkor bo'lamizmi?
41:13 15. Agar men giybatdan va oxiratga aloqasi bo’lmagan suhbatlardan qorqib, hamda boshqalar bilan mashg’ul bo’lib farzandlarimga vaqt ajrata olmaslikdan qo’rqib, ayollar bilan bordi-keldi qilmasdan uyimda otirsam sila’i rahmni uzgan bo’lamanmi? Ba’zida ayollarga nasihat qilsa xafa bo’lishadi, ba’zida g’iybatni to’sishga iymonim kuchi yetmay qoladi.
43:56 16. Minnat qlish qanday bo’ladi, yaxshilikni eslatish qanday bo’ladi? Masalan, Usmon raziyallohu anhu shahid bo’lishidan oldin uni o’ldirmoqchi bo’lganlarga o’zining ummat uchun qilgan yaxshiliklarini va fazilatlarini eslatdi. Qaysi o’rinda eslatish joiz va minnatga kirmaydi?
47:29 17. Ko‘pincha yuk mashinasi minadigan birodarlar normada quyilgan yoqilg‘ini biz tejab ishlatganimiz uchun oshib qoldi, degan bahonada sotib foydalanishadi. Shu ish to‘g‘ri bo‘ladimi?
50:49 18. Sochlarimizni yon taraflarini kaltaroq qilib qisqartirish joizmi?
52:57 19. Bir kishi 5 ta ho’kizni 7 oydan beri boqmoqda. Semirtirib sotish niyatida sotib olgan. Shuning zakotini qanday hisoblaydi? Hozirgi kunda ho’kizlarning narxi taxminan 45 mln so’m.
53:32 20. Islomda ayol kishi baland poshnali oyoq kiyim kiyishi mumkinmi?
54:49 21. Alloh taolo Qur'onda mo'mina ayollar haqida: "Ro'mollarini ko'ksilariga to'sib yursinlar", deb aytadi. Hozirda aksar ayollarning ro'mollari ko'ksilarini to'smaydi. Ustoz shu haqda nasihat qilsangiz.
59:26 22. Ustoz, biz “duolar qo'rgo'ni” kitobidagi duolarni yodlab, namozda o’qiladigan duolarni farz va sunnat namozlariga qoshar e'dik. Farz namozlariga qoshsa bo’lmaydi deb e'shitdik. Sunnatdagi duolarni farz namozlariga qoshaylikmi yo'ki faqat sunnat namozlarigami?
1:00:06 23. Kishining ko‘p yillik qazo namozlari bo‘lsa, uyida o‘qiladigan tarovih namozi o‘rniga qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladimi? Qaysi birini qilgani afzal bo‘ladi?
1:01:00 24. Bir dugonam bachadonidagi kasallik tufayli 1 oyda 2 marta hayz ko‘rar ekan. Hayzi 10 kun davom etib, poklangach, 10 kundan keyin yana hayz boshlanar ekan. Ramazon ro‘zasini qanday tutadi?

DAVOMI IZOHLAR BO'LIMIDA...

Видео Savol-javoblar || 22.04.2020 || Shayx Sodiq Samarqandiy канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
1 мая 2020 г. 7:53:03
01:39:12
Яндекс.Метрика