Загрузка страницы

Косметолог Зухра Гулямова-Хусунбузар (угри) хакида. HUSUNBUZAR KOSMETOLOG ZUXRA GULYAMOVA TAVSIYASI

Husnbuzar — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi natijasida teriga turli xil toshmalar toshishi. Bir necha xil H. bor. Oddiy H. (yigit guli) koʻpincha yigit-qizlar balogʻatga yetish davrida yuz, koʻkrak va ensa terisida paydo boʻladi. Bu davrda yogʻ bezlari zoʻr berib ishlaydi. Yuz, koʻkrak va yelkalarda yogʻli seboreya alomatlari kuzatilib, teri yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayib, koʻzga tashlanadigan boʻlib qoladi, baʼzi yerlarda teri apelsin poʻstiga oʻxshab koʻrinadi. Shu teshiklarga va soch xaltachalariga yogʻ yigʻilib qolishi natijasida qora nuqtalar paydo boʻladi, ular sitilsa, yigʻilib qolgan yogʻ chuvalchangga oʻxshab buralib chiqadi. Agar shu yogʻga yiring paydo qiluvchi mikroblar tushsa, yalligʻlanish jarayoni rivojlanadi. Teri qiza-rib shishadi va sizlogʻich paydo boʻlib, kattalashadi, ogʻriydi, oʻrtasidan soch chiqib turadi, madda boylaydi, keyinchalik u yorilib, ichidan yiring chiqadi. Bora-bora oʻrnida qoramtir dogʻ qoldirib, yoʻqolib ketadi.

Baʼzan terining chuqur qavatida yogʻ yigʻilib, shish paydo boʻladi va yiring boylaydi, keyinchalik pishib yoriladi, oxiri chandiq hosil qilib, bitib ketadi. Erkaklarda koʻpincha yigʻilgan H. uchraydi va uzoq vaqt turadi, yalligʻlanish alomatlari uncha kuchli boʻlmaydi. U bir yerda bitib, boshqa yerdan chiqaveradi; 30—35 yoshda ancha kamayadi.

Yogʻ bezidan koʻplab ajralib chiqayotgan yogʻ teri yuzasiga chiqib ketolmay, bezning biron yerida yigʻilib qoladi. Shu bez yaqinidagi teri muguz qavatining hujayralari ham qoʻshilib, yogʻ bezi yoʻlini butunlay berkitib qoʻyadi va moshdek, baʼzan esa undan kattaroq oq tuguncha hosil qiladi, bu oq H. deb ataladi.

Oq H., odatda, yalligʻlanmaydi, kishiga azob bermaydi, faqat yuz hus-nini buzadi; u koʻpincha peshanada uch-raydi. Neft mahsulotlari va yonilgʻilar bilan ishlovchi ishchilar tirsagi-da, baʼzan terining boshqa ochiq jo-yida yogʻ bezlarining kovaklari ochiladigan teshiklarga neft, yonilgʻi, koʻmir changlari yigʻilib, yogʻ bezlari yoʻlini bekitib qoʻyadi va H. paydo qiladi. Bu kasbga aloqador H.dir.

Nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, meʼdaichak kasalliklari tufayli ham H. toshishi mumkin.

Odatda H. qishda sovuqda koʻp toshadi; bunga sovuqda yogʻ qotib qolib, yogʻ bezlari kovaklaridan ravon chiqib ketolmasligi sabab boʻlishi mumkin.

Baʼzan H. toshishiga qazi, sur goʻsht, tuzlangan baliq, ikra, shokolad yeyish, shuningdek, qabziyat sabab boʻladi. H. toshishiga moyil kishilar mumkin qadar shu taomlardan parhez qilishlari zarur. Vrach maslahati bilan quyosh nurida toblanish, dengizda choʻmilish, sport bilan shugʻullanish, ochiq havoda sayr qilish, organizmni chiniqtirish H. toshishining oldini oladi.
#косметолог #зухра гулямова #kosmetolog #zuhra gulyamova

Видео Косметолог Зухра Гулямова-Хусунбузар (угри) хакида. HUSUNBUZAR KOSMETOLOG ZUXRA GULYAMOVA TAVSIYASI канала Pro.Doctors
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
27 октября 2020 г. 13:47:52
00:05:34
Другие видео канала
Puls 1141 7-son Husun buzarning davosi! (18.07.2019)Puls 1141 7-son Husun buzarning davosi! (18.07.2019)MEZOTERAPIYA / МЕЗОТЕРАПИЯ/ O`zbek tilida kosmetolog maslahatiMEZOTERAPIYA / МЕЗОТЕРАПИЯ/ O`zbek tilida kosmetolog maslahatiPILING / ПИЛИНГ/SHIFOKOR KOSMETOLOG ZUHRA GULYAMOVA / ЎЗБЕКЧАДА КОСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИPILING / ПИЛИНГ/SHIFOKOR KOSMETOLOG ZUHRA GULYAMOVA / ЎЗБЕКЧАДА КОСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИАппаратная косметология и эстетическая медицина: дерматолог, дерматокосметолог Караев ЭльханАппаратная косметология и эстетическая медицина: дерматолог, дерматокосметолог Караев ЭльханYUZDAGI DOG'LAR GIJJA ALOMATI-MI?YUZDAGI DOG'LAR GIJJA ALOMATI-MI?КOСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИ "ПИЛИНГ"КOСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИ "ПИЛИНГ"Ideal ona (5 mavsum) 3-son | Идеал она (5 мавсум) 3-сонIdeal ona (5 mavsum) 3-son | Идеал она (5 мавсум) 3-сонYuz parvarishi,угрига даво,yuzni tiniq qilish,yuz tozalashYuz parvarishi,угрига даво,yuzni tiniq qilish,yuz tozalashКелгинди келин - Зухра Гулямова 4-сони | Kelgindi kelin - Zuhra Gulyamova 4-soni #KelgindikelinКелгинди келин - Зухра Гулямова 4-сони | Kelgindi kelin - Zuhra Gulyamova 4-soni #KelgindikelinУГРИЛАРДАН БИР КУНДА ҚУТУЛИШ ЙЎЛЛАРИ | UGRILARDAN BIR KUNDA QUTILISH YO'LLARIУГРИЛАРДАН БИР КУНДА ҚУТУЛИШ ЙЎЛЛАРИ | UGRILARDAN BIR KUNDA QUTILISH YO'LLARIUGRILARNI YO’QOTUVCHI VOSITAUGRILARNI YO’QOTUVCHI VOSITAYUZNI CHUQUR TOZALASH VA TEZ NATIJAGA ERISHISH SIRLARIYUZNI CHUQUR TOZALASH VA TEZ NATIJAGA ERISHISH SIRLARIDoktor Gulyamova plastik operatsiya qildirgan san'atkorlarni sanab berdi ! U kimni xotini ???Doktor Gulyamova plastik operatsiya qildirgan san'atkorlarni sanab berdi ! U kimni xotini ???Ҳуснбузар қандай касалликлар белгиси?Ҳуснбузар қандай касалликлар белгиси?Husunbuzar hamroh "Demodekos" qay darajada havfli?!Husunbuzar hamroh "Demodekos" qay darajada havfli?!Doktor Gulyamova hamma sirlarini ochib tashladi.       Доктор Гулямова хамма сирларини очиб ташлади.Doktor Gulyamova hamma sirlarini ochib tashladi. Доктор Гулямова хамма сирларини очиб ташлади.КОСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИ БАРЧА АЁЛЛАРИМИЗ УЧУНКОСМЕТОЛОГ МАСЛАХАТИ БАРЧА АЁЛЛАРИМИЗ УЧУНHUSNBUZARLARNI DAVOLASHNING ZARARSIZ USULINI BILASIZMIHUSNBUZARLARNI DAVOLASHNING ZARARSIZ USULINI BILASIZMIMikroblar tufayli yuzaga keladigan teri kasalliklari | O`zingni angla [12.04.2018]Mikroblar tufayli yuzaga keladigan teri kasalliklari | O`zingni angla [12.04.2018]Мезотерапия МуолажасиМезотерапия Муолажаси
Яндекс.Метрика