Загрузка страницы

BEL OG’RIG’I — SABABLARI, DAVOLASH USULLARI, OLDINI OLISH CHORALARI.

Agar sizda bel og’rig’i bo’lsa, bu hali muammo umurtqada ekanini anglatmaydi. Beldagi og’riqlar chap yoki o’ng tomonda aniqlanishi, oyoqqa tarqalishi, bu ichki a’zolar, ayniqsa oshqozon-ichak trakti kasalliklarining natijasi bo’lishi mumkin. Ba’zida og’riq buyraklar va jinsiy a’zolar kasalliklarida his etiladi, ko’pchilik ayollar hayz paytida bel og’rishidan shikoyat qilishadi.
Bel og’rishiga ko’pincha osteoxondroz sabab bo’ladi, bu kasallikda umurtqalararo disk elastikligi va mustahkamligini yo’qotadi.
Bel sohasida keskin, to’satdan yuzaga keladigan og’riq umurtqalararo disk churrasi yoki radikulitning alomati bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda chuqur nafas olish va faol harakatlar bajarishda og’riq kuchayishi qayd qilinadi.
Ko’pincha bel og’rig’i umurtqalararo disklar siljishi, umurtqaning qiyshayishi (skolioz) va qomatning boshqa kasalliklari bilan og’rigan kishilarda yuzaga keladi.
Revmatoid artrit va Reyter sindromi kabi turli yallig’lanishlar, shuningdek, umurtqa pog’onasi va umurtqalararo disklarga ta’sir qiluvchi infektsion kasalliklar (sil, brusellyoz, epidural abstsess) belda kuchli og’riqlarga olib keladi.
Og’riqning sababi shuningdek umurtqa pog’onasi yonida yoki orqa miya ichida joylashgan o’sma bo’lishi ham mumkin.
Beldagi og’riq va bezovtalikka olib keladigan asosiy kasallikni aniqlash uchun to’liq tibbiy ko’rikdan o’tish kerak.
BEL OG’RIGANDA NIMA QILISH KERAK
Konservativ terapiya belgilanishida uchta asosiy maqsad ko’zlanadi: og’riqdan xalos bo’lish, davolash dasturini tayyorlash va og’riq keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi terapevtik-profilaktik chora-tadbirlar ko’rish hamda bemorning normal hayotga imkon qadar tez qaytishini ta’minlash.
Beldagi og’riq sababi nima bo’lishidan qat’iy nazar, asosiy kasallikni davolash uchun ko’pincha dori-darmonlar ishlatiladi. Bundan tashqari, shifokor og’riq qoldiruvchi dorilar buyurishi mumkin — tabletka yoki malham, kuchli og’riqlarda esa — in’yektsiya (ukol) shaklida.
Ularga qo’shimcha sifatida (agar dorilar bilan davolash qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lsa muqobil sifatida) terapevtik massaj yoki manual terapiya kursi belgilanadi. Albatta, massajni yuqori malakali mutaxassislar amalga oshirishi kerak, chunki u noto’g’ri qilinsa, foydadan ko’ra ko’proq zarar yetkazishi mumkin.
So’nggi yillarda, bel og’rishi bezovta qiladigan bemorlarga ko’pincha ignarefleksoterapiya (akupunktura) kursini olish tavsiya etilmqoda. Ushbu usul og’riqni yengillashtirishda va mushaklarning zo’riqishini bartaraf etishda juda samaralidir.
Umurtqaning ko’pchilik kasalliklarda terapevtik mashqlar va yoga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, ammo bunday mashqlar o’z bilgancha bajarilmaydi — dastur mutaxassis tomonidan tuzilgan bo’lishi kerak.
Rejimga rioya qiish va belni zo’riqtirmaslik lozim. Bel og’rig’i bo’lgan bemorlar og’irliklarni keskin ko’tarmasliklari kerak, lekin o’rtacha jismoniy harakat talab etiladi. Ish kuni davomida imkon qadar ko’proq piyoda yurishga harakat qilish va bir nechta oddiy mashqlar bajarish va qizinish uchun kichik tanaffuslar olish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bel sohasidagi og’riq — doim ham o’z-o’zidan o’tib ketmaydigan kasalliklar belgisidir. Og’riq qoldiruvchi tabletkalar bu muammoni faqat yashiradi, lekin uni bartaraf qilmaydi.
To’g’ri davolanish bilan, bemorning ahvoli yaxshilanishi sayin og’riq o’zidan-o’zi o’tib ketadi, ammo to’liq davolanish vaqt talab etadi. Og’riqni yengillashtirish uchun faqatgina ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan butun boshli muolajalar kursi zarur.
Ammo beldagi og’riqlarni sababini aniqlash juda muhim. Agar shifokor uni uzoq vaqt aniqlay olmasa va faqat og’riq qoldiruvchilarni buyuradigan bo’lsa, vaziyatni chuqurlashtirib yuborish xavfi mavjud. Keyinchalik og’riq surunkali shaklga o’tishi, og’riq qoldiruvchilarga nisbatan esa o’rganib qolish rivojlanishi mumkin.
BEL OG’RIG’INI DAVOLASH
Zamonaviy klinikalarda surunkali og’riqni davolashning samarali usullaridan biri bu Pain Management texnikasidir. Ushbu usulning mohiyati bel sohasiga bir qator in’yektsiyalar qilib, yallig’lanish sohasidagi asab oxirlarini vayron qilish oqibatida og’riqni bloklashdir, uning ta’siri 1,5-2 yilgacha saqlanib turadi.
Og’riqni yengillashtirish uchun boshqa dasturlar, shu jumladan, dori vositalari va fizioterapiya usullari — terapevtik gimnastika, massaj, akupunktura, elektrostimulyatsiya, shuningdek, ozon bilan davolash, botoks terapiyasi va boshqalar ham qo’llaniladi.
FIZIOTERAPIYA
Agar bel keskin xurujlar bilan emas, balki doimiy og’risa, terapevtik jismoniy tarbiya kompleksi, massaj kurslari, loy va parafin bilan davolash og’riqni qoldirish uchun eng yaxshi vositalar bo’ladi.

#bel #kasalliklari #radikulit #diskchurrasi #sabablari

Видео BEL OG’RIG’I — SABABLARI, DAVOLASH USULLARI, OLDINI OLISH CHORALARI. канала VIDA UNIVERSAL
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 июня 2021 г. 17:27:43
00:13:49
Другие видео канала
ALLERGIYA: SABABLARI, ALOMATLARI TASHXISI, DAVOLASH VA UNI QANDAY QILIB OLDINI OLISH MUMKINALLERGIYA: SABABLARI, ALOMATLARI TASHXISI, DAVOLASH VA UNI QANDAY QILIB OLDINI OLISH MUMKINQORIN OG'RIG'I VA ICH KETISHINING TABIIY DAVOSI | TIBBUN NABAVIYQORIN OG'RIG'I VA ICH KETISHINING TABIIY DAVOSI | TIBBUN NABAVIYBO'G'IM KASALLIKLARINI DAVOLASHBO'G'IM KASALLIKLARINI DAVOLASHДИЛБАР ИКРОМОВА сўнгги кунлар хор бўлганмиди?ДИЛБАР ИКРОМОВА сўнгги кунлар хор бўлганмиди?OSHQOZON-ICHAK KASALLIKLARI. KELIB CHIQISH SBABLARI. TABIIY YO`L BILAN DAVOLASH. OLDINI OLISHOSHQOZON-ICHAK KASALLIKLARI. KELIB CHIQISH SBABLARI. TABIIY YO`L BILAN DAVOLASH. OLDINI OLISHБЕЛ КИСМИДА L4-L5, L5-S1 СОХАСИДА КУП УЧРОВЧИ ГРИЖА , ДАВОЛАШ УСУЛЛАРИ, МАН ЭТИЛГАН МАШКЛАРБЕЛ КИСМИДА L4-L5, L5-S1 СОХАСИДА КУП УЧРОВЧИ ГРИЖА , ДАВОЛАШ УСУЛЛАРИ, МАН ЭТИЛГАН МАШКЛАРBEL OG'RIG'INI UY SHAROITIDA DAVOLASH |  БЕЛ ОГРИГИНИ УЙ ШАРОИТИДА ДАВОЛАШBEL OG'RIG'INI UY SHAROITIDA DAVOLASH | БЕЛ ОГРИГИНИ УЙ ШАРОИТИДА ДАВОЛАШTez bo'shanishdan xalos bo'lishni eng osoniTez bo'shanishdan xalos bo'lishni eng osoniGrijani uy sharoitida davolash sirlari (2021) - MEDOGrijani uy sharoitida davolash sirlari (2021) - MEDOMurat Kekilli - Bu Akşam ÖlürümMurat Kekilli - Bu Akşam ÖlürümDavleniya (qon bosimini) yo'qotuvchi retseptDavleniya (qon bosimini) yo'qotuvchi retseptJINSI KO`YLAKLAR 2021//Kot elbiseler//denim dresses//джинсовая платьяJINSI KO`YLAKLAR 2021//Kot elbiseler//denim dresses//джинсовая платьяКуз нурини тиклашни хохлайсизми унда бу видеони куринг. Ko'z nurini tiklashni.Куз нурини тиклашни хохлайсизми унда бу видеони куринг. Ko'z nurini tiklashni.Cream Cheese White Sauce Pasta Recipe 🍝 | You’ll never use flour again to thicken the sauce 😋Cream Cheese White Sauce Pasta Recipe 🍝 | You’ll never use flour again to thicken the sauce 😋Грижага МАЗ суриш коидаси #болезньгрижа #грижани даволаш #лечениниягрижаГрижага МАЗ суриш коидаси #болезньгрижа #грижани даволаш #лечениниягрижаDUMBA ORASI, ORQA TESHIK SOHASI TERLASHI, QICHISHI VA ACHISHI BO'LSA SHU USULNI QO'LLANGDUMBA ORASI, ORQA TESHIK SOHASI TERLASHI, QICHISHI VA ACHISHI BO'LSA SHU USULNI QO'LLANGКучли бош оғриғига / мигреньга дориКучли бош оғриғига / мигреньга дориQizlar uchun ajoyib soch turmaklari. (2-qism)Qizlar uchun ajoyib soch turmaklari. (2-qism)TISH OG'RIG'INI UY SHAROITIDA TEZ VA OSON DAVOLASH | ТИШ ОГРИГИДАН ДАРХОЛ КУТИЛИШ учун!TISH OG'RIG'INI UY SHAROITIDA TEZ VA OSON DAVOLASH | ТИШ ОГРИГИДАН ДАРХОЛ КУТИЛИШ учун!Bel og‘rig‘i uch kasallikdan xabar beradi foydali maslaxatlar haqida salomatlikBel og‘rig‘i uch kasallikdan xabar beradi foydali maslaxatlar haqida salomatlik
Яндекс.Метрика