Загрузка страницы

Xotira va qadr: 96 yoshli toshkentlik otaxonning urush xotiralari bilan

Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrdan 1945-yilning 2-sentyabriga qadar davom etgan bo‘lib, insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli urush hisoblanadi. Bu urushda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan 73 ta davlatlardan 62 tasi ishtirok etgan – bu dunyoning 80 foizini tashkil etadi deganidir.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yadroviy qurol qo‘llanilgan yagona urush ham hisoblanadi. Ushbu urushda harbiy harakatlar 40 ta mamlakat hududida olib borilgan.

Dunyo bo‘yicha qurbonlar soni 65 million kishini tashkil etadi. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan esa 26 million fuqaro jang maydonlarida halok bo‘lgan. Shundan yarim millioni o‘zbekistonliklar bo‘lgan.

1941–1945-yillarda bashariyat boshiga mislsiz kulfatlar yog‘dirgan Ikkinchi jahon urushi frontlarida O‘zbekistonlik jangchilar ham tarifga sig‘mas qahramonligini namoyon etgan.
Qahramonimiz Nurmuhammad ota ham shunday jasur va matonatli o‘zbek jangchilaridan biri.

O‘zbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini to‘rtga bo‘lib, bittasini o‘ziga, qolganini bevosita frontga, so‘ng respublikaga ko‘chirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi. Ayni paytda bir milliondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi.
___________________________________________________________________________

Xabardor.uz saytining rasmiy Telegram kanali
https://t.me/xabardor_uz_official

Taklif va murojaatlar uchun:
https://t.me/xabardor_aloqa_bot

Biz Instagramda:
https://www.instagram.com/xabardor_uz

Biz Facebookda:
https://www.facebook.com/xabardoruzb/

Murojaat uchun:
+99890 041-30-00

Видео Xotira va qadr: 96 yoshli toshkentlik otaxonning urush xotiralari bilan канала xabardor
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
8 мая 2021 г. 13:12:33
00:06:37
Яндекс.Метрика