Загрузка страницы

Ubaydulla Omon tiz cho‘kkan premyera. "Kulba" filmining dabdabali premyerasi

“Ubaydulla Omon muxlislarga, Said Muxtorov aktyorlarga tiz cho‘kdi”. “Kulba” filmining premyerasidan foto va video reportaj

Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Dilshoh media” kinokompaniyasi hamda rejissor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan “Kulba” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Film taqdimotida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘lib, o‘zining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbek kino olamining zabardast vakillari, bosh rollarni ijro qilgan mazkur filmning keng jamoatchilik uchun taqdimotiga katta tayyorgarlik ko‘rildi.
Filmda bosh rollarni ijro qilgan barcha aktyor-aktrisalar taqdimotda ishtirok etishdi.

Film premyerasiga Davron Kabulov boshlovchilik qildi.

Barcha voqealari qariyalar uyida bo‘lib o‘tadigan mazkur filmda bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibrohimova, O‘zbekiston san’at arbobi Isamat Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muxtorova, Fathulla Ma’sudovlar ijro qilishgan.

Film premyerasida O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omonning muxlisga tiz cho‘kkani uzoq va davomli qarsaklarga sabab bo‘ldi.

Film rejissori Said Muxtorov “o‘zbek kino olamining barcha darg‘alari taklifimni rad qilmasdan, filmimda rol ijro qilgani uchun ularga cheksiz hurmatimni izhor qilaman”, deya aktyor va aktrisalarga tiz cho‘kdi.

Видео Ubaydulla Omon tiz cho‘kkan premyera. "Kulba" filmining dabdabali premyerasi канала intervyuTV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
10 декабря 2017 г. 18:00:06
01:03:38
Яндекс.Метрика