Загрузка страницы

Islom, Karimov va Tohir Yo‘ldosh. Namangan voqealariga 30 yil to‘ldi

Бундан роппа-роса 30 йил муқаддам, 1991 йилнинг 9 декабрь куни Ўзбекистон ўзининг янги тарихидаги энг йирик исломий ғалаёнга гувоҳ бўлган эди.

Наманганда Ислом давлати қуришни талаб қилган бир гуруҳ радикал диндорлар ҳокимият биносини босиб олган, исломчилар етакчиси, 24 яшар Тоҳир Йўлдош билан шахсан президент Ислом Каримовнинг ўзи музокара олиб борган эди.

Бир қарашда стихияли тарзда юз берган бу воқеалар, таҳлилчилар назарида, сиёсий Исломнинг бўй кўрсатиши эди. Каримов уларнинг Исломий давлат қуриш талабини аввалига парламентга ҳавола қилди, кейинроқ, ҳокимият жиловини тўлиқ қўлга олгач, радикал диний гуруҳлар билан бирга оддий диндорларга қарши ҳам йирик кампания бошлади.

Тез орада Тоҳир Йўлдош ва Жума Намангоний ортидан, уларга эргашганлар ҳам Ўзбекистондан сиқиб чиқарилди, қолганлари эса қамалди ёки бедарак кетди. Хорижга қочганларнинг бир қисми кейинроқ террорчи гуруҳ, деб эълон қилинган Ўзбекистон исломий ҳаракатига бирлашди.

Каримов қарийб 30 йиллик бошқарувида Ўзбекистон хавфсизлик сиёсатини, таҳлилчиларга кўра, ўзининг диний ва дунёвий мухолифларига қарши кураш стратегияси устига қурди.

Танқидчилар Каримовни, исломий радикализм хавфидан фойдаланиб, ўзининг сиёсий ва диний мухолифларини қувғин қилиш, қамоққа ташлаш ва шафқатсиз қийноқларга тутишда айблади.

Тарихга “Наманган воқеалари” номи билан кирган ҳодисалар кейинроқ Ўзбекистоннинг ички ва ташқи сиёсатида акс садо берди ва ҳануз бермоқда.

Айни пайтда айрим таҳлилчилар, Ўзбекистонда ҳокимият алмашинуви ортидан пайдо бўлган бугунги нисбий эркинлик муҳитида, диний мутаассиб гуруҳларнинг яна пайдо бўлгани ва бу И. Каримов бошқаруви илк кезларидаги хавотирли вазиятга ўхшаш эканини қайд этмоқда.

***

Bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam, 1991 yilning 9 dekabrь kuni O‘zbekiston o‘zining yangi tarixidagi eng yirik islomiy g‘alayonga guvoh bo‘lgan edi.

Namanganda Islom davlati qurishni talab qilgan bir guruh radikal dindorlar hokimiyat binosini bosib olgan, islomchilar etakchisi, 24 yashar Tohir Yo‘ldosh bilan shaxsan prezident Islom Karimovning o‘zi muzokara olib borgan edi.

Bir qarashda stixiyali tarzda yuz bergan bu voqealar, tahlilchilar nazarida, siyosiy Islomning bo‘y ko‘rsatishi edi. Karimov ularning Islomiy davlat qurish talabini avvaliga parlamentga havola qildi, keyinroq, hokimiyat jilovini to‘liq qo‘lga olgach, radikal diniy guruhlar bilan birga oddiy dindorlarga qarshi ham yirik kampaniya boshladi.

Tez orada Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniy ortidan, ularga ergashganlar ham O‘zbekistondan siqib chiqarildi, qolganlari esa qamaldi yoki bedarak ketdi. Xorijga qochganlarning bir qismi keyinroq terrorchi guruh, deb e’lon qilingan O‘zbekiston islomiy harakatiga birlashdi.

Karimov qariyb 30 yillik boshqaruvida O‘zbekiston xavfsizlik siyosatini, tahlilchilarga ko‘ra, o‘zining diniy va dunyoviy muxoliflariga qarshi kurash strategiyasi ustiga qurdi.

Tanqidchilar Karimovni, islomiy radikalizm xavfidan foydalanib, o‘zining siyosiy va diniy muxoliflarini quvg‘in qilish, qamoqqa tashlash va shafqatsiz qiynoqlarga tutishda aybladi.

Tarixga “Namangan voqealari” nomi bilan kirgan hodisalar keyinroq O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida aks sado berdi va hanuz bermoqda.

Ayni paytda ayrim tahlilchilar, O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi ortidan paydo bo‘lgan bugungi nisbiy erkinlik muhitida, diniy mutaassib guruhlarning yana paydo bo‘lgani va bu I. Karimov boshqaruvi ilk kezlaridagi xavotirli vaziyatga o‘xshash ekanini qayd etmoqda.

Uzbek | Uzbekistan | Ozbekiston | Ozbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#Ozodlik #Namangan #Mirziyoyev #Karimov

Видео Islom, Karimov va Tohir Yo‘ldosh. Namangan voqealariga 30 yil to‘ldi канала Ozodlik Radiosi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 декабря 2021 г. 19:30:12
00:28:26
Другие видео канала
Jahongir Ortiqxo‘jayev “Qo‘yliq” bozorini ko‘chirmoqda. Bozorchilar noroziJahongir Ortiqxo‘jayev “Qo‘yliq” bozorini ko‘chirmoqda. Bozorchilar noroziO‘zbeklar surguni: Tojikistondagi farg‘onalik va urgutliklarO‘zbeklar surguni: Tojikistondagi farg‘onalik va urgutliklarHokimiyatga yaqinlashgan Salimboy Mirziyoyevga "hech kimni yaqinlashtirmaslik"ka ont ichdiHokimiyatga yaqinlashgan Salimboy Mirziyoyevga "hech kimni yaqinlashtirmaslik"ka ont ichdiЎзбекистон қамоқхонасидаги икки VIP маҳкум қийноқлар ҳақида хат чиқардиЎзбекистон қамоқхонасидаги икки VIP маҳкум қийноқлар ҳақида хат чиқардиIntim video mojarosi: Babasheva deputatlik, dacha va daxlsizlik haqida (EKSKLYUZIV INTERVYU)Intim video mojarosi: Babasheva deputatlik, dacha va daxlsizlik haqida (EKSKLYUZIV INTERVYU)Jasliq azoblari. Borsa kelmasdan omon qaytganlar hikoyasiJasliq azoblari. Borsa kelmasdan omon qaytganlar hikoyasiMoskvada pichoqlangan stomatolog olamdan o‘tdiMoskvada pichoqlangan stomatolog olamdan o‘tdiSharof Ubaydullyaev: Deputatni tiriklayin ko‘mdilar yoki Hokimlar fitnasiSharof Ubaydullyaev: Deputatni tiriklayin ko‘mdilar yoki Hokimlar fitnasiQalpoq - Suyunchi filmiga parodiya (hajviy ko'rsatuv)Qalpoq - Suyunchi filmiga parodiya (hajviy ko'rsatuv)Bir jinoyat izidan | Нонкўр аёлнинг дахшатли қотиликка сабаб бўлган ўйини [16.12.2021]Bir jinoyat izidan | Нонкўр аёлнинг дахшатли қотиликка сабаб бўлган ўйини [16.12.2021]2-XOTINNI ROZI QILISH, 500 YIL NOMOZ O'QIMISIZMI JANNATGA KIRA OLMAYSIZ, O'ZIDAN KO'TI AQILLILAR2-XOTINNI ROZI QILISH, 500 YIL NOMOZ O'QIMISIZMI JANNATGA KIRA OLMAYSIZ, O'ZIDAN KO'TI AQILLILAR«No Comment» ko'rsatuvi 16.12.21«No Comment» ko'rsatuvi 16.12.21OzodRakurs: Prezident Mirziyoyev bloger Sattoriy haqida...OzodRakurs: Prezident Mirziyoyev bloger Sattoriy haqida...OZODLIK SURISHTIRUVI. Farg'onalik kuyovlar: Mirziyoyev qudalari qanday boyidi?OZODLIK SURISHTIRUVI. Farg'onalik kuyovlar: Mirziyoyev qudalari qanday boyidi?OzodNazar: Mirziyoyev Inoyatovga amal berishga majbur ediOzodNazar: Mirziyoyev Inoyatovga amal berishga majbur ediRTdan va'z; Mirshab uchun FerrariRTdan va'z; Mirshab uchun FerrariYulduz Usmonova YANA SUDLAShADIMI? Bastakor Renat Sobirov NIMADAN NOROZI?Yulduz Usmonova YANA SUDLAShADIMI? Bastakor Renat Sobirov NIMADAN NOROZI?Ramziy iste’fo: Inoyatov ketdi, tizim qoldiRamziy iste’fo: Inoyatov ketdi, tizim qoldiКаримов - бу одам президентликка лойик эмас.Агар президент булса хаммангиз пушаймон буласиз хали !Каримов - бу одам президентликка лойик эмас.Агар президент булса хаммангиз пушаймон буласиз хали !“KASALLIGIM SABAB ERIM MENDAN VOZ KECHDI” // AMIRXON UMAROV SHOUSI // OCHIQCHASIGA GAPLASHAMIZ“KASALLIGIM SABAB ERIM MENDAN VOZ KECHDI” // AMIRXON UMAROV SHOUSI // OCHIQCHASIGA GAPLASHAMIZ
Яндекс.Метрика