Загрузка страницы

AQSh-O’zbekiston: Diniy erkinlik borasida yangilik?

AQSh Xalqaro Diniy Erkinlik Komissiyasi O'zbekistonni tarixda ilk bor "alohida xavotirga molik davlat" deb hisoblamasdan Davlat departamentiga unga "maxsus kuzatuvdagi mamlakat" sifatida qarashni tavsiya qilmoqda.

Komissiya respublikachi va demokrat arboblardan iborat maxsus hay'at bo'lib, Kongress, Oq uy, Davlat departamenti va boshqa vazirliklar, shuningdek, agentliklarga tashqi siyosat bobida maslahat va tavsiyalar beradi. Komissiya - mustaqil organ, ya'ni biror vazirlik yoki agentlikka qaramaydi. Uning hisoboti qonunchilar, mutasaddilar, siyosatchilar va axborot vositalari tomonidan qo'llaniladi.

1998-yilda tashkil topgan komissiyaga ko'ra, ayni damda 14 davlat "alohida xavotirga molik davlat" deb belgilanishi kerak. Jumladan, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, Shimoliy Koreya, Tojikiston va Turkmaniston. Tafsilotlar: https://www.amerikaovozi.com/a/5395638.html

Видео AQSh-O’zbekiston: Diniy erkinlik borasida yangilik? канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
29 апреля 2020 г. 7:32:44
00:22:50
Яндекс.Метрика