Загрузка страницы

DXX NING SOBIQ RAISI IXTIYOR ABDULLAYEV VA U TUZGAN JINOIY UYUSHMAGA SUD HUKMI O'QILDI

Bugun, 27 sentabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va u tuzgan jinoiy uyushma a'zolari ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ushbu jinoyat ishi bo‘yicha hukm e'lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyushma tashkil etib, mansab vakolatini suiiste'mol qilib, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab, juda ko‘p miqdorda pora olish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, tovlamachilik, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, jinoyatlar majmui tariqasida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan.

Sud tomonidan jinoyatlar oqibatida davlat, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilgan tegishli choralar belgilangan.

Ixtiyor Abdullayev 2009 yildan prezident maslahatchisi, 2015 yil aprelidan 2018 yil 31 yanvariga qadar O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlagan. U 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi. Shu yil yanvarida sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani xabar qilingandi.

Keyinroq, 2019 yil bahorida unga nisbatan mansab vakolatini suiiste'mol qilish, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani ma'lum bo‘lgandi.

Kun.uz manbasining ta'kidlashicha, Ixtiyor Abdullayev tuzgan jinoiy uyushma faoliyati fosh etilishi bo‘yicha tadbirlar Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligida amalga oshirildi.

Видео DXX NING SOBIQ RAISI IXTIYOR ABDULLAYEV VA U TUZGAN JINOIY UYUSHMAGA SUD HUKMI O'QILDI канала Kunuz News
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
28 сентября 2019 г. 0:46:11
00:03:18
Другие видео канала
ДХХ институтида битирувчиларга диплом топширилишиДХХ институтида битирувчиларга диплом топширилишиRASHID QODIROV VA BOSHQALARGA SUD HUKMI O'QILDIRASHID QODIROV VA BOSHQALARGA SUD HUKMI O'QILDIДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев нега ишдан олинди?ДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев нега ишдан олинди?Maxfiy topshiriq asosida mafiyani fosh etgan prokuror nega qamab yuborilgan?Maxfiy topshiriq asosida mafiyani fosh etgan prokuror nega qamab yuborilgan?Собиқ ДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев Президентга хат йўллади: Илтимос, мени кечиринг - BBC News O'zbekСобиқ ДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев Президентга хат йўллади: Илтимос, мени кечиринг - BBC News O'zbekDXX HIBSGA OLGAN JURNALISTNING PREZIDENTGA MUROJAATIDXX HIBSGA OLGAN JURNALISTNING PREZIDENTGA MUROJAATIRashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayev qanday saqlanmoqda?Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayev qanday saqlanmoqda?"MEN SIZGA XIYONAT QILMAGANMAN" IXTIYOR ABDULLAYEV SH.MIRZIYOYEVGA XAT YOZDI."MEN SIZGA XIYONAT QILMAGANMAN" IXTIYOR ABDULLAYEV SH.MIRZIYOYEVGA XAT YOZDI.Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси иш фаолиятиданЎзбекистон Республикаси ИИВ Академияси иш фаолиятиданМХХ SOBIQ GENERALI SHUHRAT G'ULOMOV DAVLAT TO'NTARISHI UYUSHTIRMOQCHI EDIМХХ SOBIQ GENERALI SHUHRAT G'ULOMOV DAVLAT TO'NTARISHI UYUSHTIRMOQCHI EDIGulnora Karimova va Rustam Madumarovlar nima uchun "MUVAD VIDEO"ni yo`q qilib, qamatishdi? 2-qismGulnora Karimova va Rustam Madumarovlar nima uchun "MUVAD VIDEO"ni yo`q qilib, qamatishdi? 2-qismOzodlik surishtiruvi: Oligarxlar qo‘liga o‘tayotgan O‘zbekistonOzodlik surishtiruvi: Oligarxlar qo‘liga o‘tayotgan O‘zbekistonMXXNING QANDAY TASHKIL TOPGANI, CHEKSIZ QUDRATGA ERISHISH TARIXIMXXNING QANDAY TASHKIL TOPGANI, CHEKSIZ QUDRATGA ERISHISH TARIXIДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев нега Шавкат Мирзиёев сиёсатига..ДХХ раиси Ихтиёр Абдуллаев нега Шавкат Мирзиёев сиёсатига..Мирзиёев: "МХХ ҳаммани шарманда қилди" - BBCUZBEK.COMМирзиёев: "МХХ ҳаммани шарманда қилди" - BBCUZBEK.COMIIV Akademiyasi hayoti, qabul va ichki ishlar tizimi haqida Bahodir Matlyubov bilan suhbatIIV Akademiyasi hayoti, qabul va ichki ishlar tizimi haqida Bahodir Matlyubov bilan suhbatАктивлар ва даромадлар декларациясига оид қонун лойиҳаси тез орада эълон қилинади — Акмал БурҳоновАктивлар ва даромадлар декларациясига оид қонун лойиҳаси тез орада эълон қилинади — Акмал БурҳоновVADIM ABRAMOV KXDR BILAN O'YINDA GAROVDA YUTGANI VA 2 MING DOLLARLIK INTERVYUSI HAQIDAVADIM ABRAMOV KXDR BILAN O'YINDA GAROVDA YUTGANI VA 2 MING DOLLARLIK INTERVYUSI HAQIDA"Ўғлимни айбсизлиги учун гувоҳлик берганлар, қийноққа солинган""Ўғлимни айбсизлиги учун гувоҳлик берганлар, қийноққа солинган""UMRA ZIYORATIGA NAVBAT DEGAN NARSA YO'Q, AMMO..""UMRA ZIYORATIGA NAVBAT DEGAN NARSA YO'Q, AMMO.."
Яндекс.Метрика