Загрузка страницы

43-Зухруф (Zuhruf surasi)

Makkada nozil qilingan bu sura sakson to'qqiz oyatdan tashkil topgan.

U Qur'oni Karim ta'rifi bilan boshlanib, so'ngra Alloh taolo O'z bandalariga ato etgan behisob ne'matlardan ayrimlari sanab o'tiladi.

Bu surada barcha narsani Alloh yaratganiga o'zlari iqror bo'lib turib, yana Tangri taologa o'zgalarni «sherik» qiladigan va xususan «Uning bolasi bor» deydigan mushriklarning da'volari aniq-ravshan hujjatlar bilan keskin rad etiladi.

Bu surada ham Muhammad alayhis-salomning salaflaridan hazrati Ibrohim va Muso payg'ambarlarning da'vatlari va chekkan aziyatlaridan ayrim lavhalar tasvirlanadi.

Suraning «Zuxruf -- Zeb-ziynat» deb nomlanishiga sabab, unda bu dunyo oltin-kumush va zeb-ziynatlari Alloh taolo nazdida qanday martabada ekanligi batafsil bayon qilinadi.

Sura payg'ambar alayhis-salomni mushriklardan yuz o'girishga buyurib, ularning yaqinda qilmishlariga yarasha jazo olishlari aniq ekani haqida xabar berish bilan nihoyasiga yetadi.

Видео 43-Зухруф (Zuhruf surasi) канала islomtv
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 января 2011 г. 23:37:46
00:16:42
Яндекс.Метрика