Загрузка страницы

Londonda Facebook kompaniyasi hodimi, vatandoshimiz Aziz Murtazoev bilan qisqacha suhbat.

Bugungi oqshom Londondagi ukahonimiz Aziz Murtazoev taklifi bilan Facebook korporaciyasini yangi ofisida o’tdi. 3,5 yil oldin Biznes Laboratoriyasi ko’rsatuvimiz ishtirokchilari bilan Buyuk Britaniyada obdon kezib, videolar olgan edik. Unda London, Kembridj, Edinburg va Sent Endryuzlarda bo’lgan edik. Shunda Londonda Facebookda ishlayotgan vatandoshimiz bilan ilk bor tanishgan edik, u payt Londonda Aziz aytishlari bo’yicha fbda 600ga yaqin hodim ishlar edi, hozir 2mingdan ortibti. Vatandoshimiz software engineer bo’lib muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda. 2 soatlik ekskursiya davomida mamlakatimiz, Facebook kompaniyasi, umuman dunyodagi bo’layotgan ishlar, va albatta Azizni (asli u Nukuslik, shunga Qoraqalpoq qizlarga alohida imkoniyat 🤓) tezroq uylantirishimiz kerakligi to’grisida gaplashdik, va albatta kompaniyaning compliance siyosati doirasida, yan’i konfidencial masalalaridan yiroq bo’lgan holda. 😉
Umuman nima deyish mumkin, albatta qoyil, tasanno deymiz, Azizga omadlar tilaymiz, unga o’hshagan qora ko’z o’zbeklarimiz ko’paysin, dunyoni mashhur kompaniyalarida iqtidorli yigitlarimiz ko’paysin, Facebookdagi Aziz Murtazaevlar, Googledagi Nodir Turaqulovlar ko’paysin!

Видео Londonda Facebook kompaniyasi hodimi, vatandoshimiz Aziz Murtazoev bilan qisqacha suhbat. канала Hikmat Abdurahmanov
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
24 сентября 2019 г. 0:38:22
00:02:06
Яндекс.Метрика