Загрузка страницы

Yaponiya viza bermay qo'ydi???

Nomdor yapon tili maktablaridan birining 532, yana boshqasi 620ta yapon tili maktabiga beriladigan 留学 - talaba vizasi berish rad qilindi.
Yapon hukumatining maorif vazirligi 2010yilda qabul qilgan topshirig’ida 300.000 talabani 2020-yilgacha bakalavr, magistratura, PHD, tadqiqot, kasb-xunar kollej va albatta yapon tili maktablariga qabul qilishga topshiriq bergan edi. Mazkur reja 2017yilda to’lib chegaradan o’tib ham ketgan. 2018yilda esa to’lib toshib ketish natijasida portlash sodir bo’ldi.
Kecha vizasi rad qilingan til maktablarining vakili bilan suhbatlashganimizda shikoyatlar juda ko’p tushganligi sabab ekan deyapti. (Savol tug’iladi. Bunaqa hatti harakatlar bir necha yil oldin ham bo’lgan. Nega endi shikoyatga e’tibor berdi?)
Talaba bo’lib kelganlar orasida 6 oy vaqt davomida 48ta iphonni shartnomaga olib birontasi pul to’lamagan va kompaniya talabani sudga bergan. Sud esa talabadan undira olmagandan keyin maktab talabasini immigratsiyaga noqonuniy harakati uchun xabar bergan. 20ta kredit karta, 65marta 電車 va 35marta metroda qoida buzarlik ya’ni bular asosan pul to’lamasdan qochib ketish, 108marta ko’chada yurish etikasiga amal qilmaslik, 31marta maktab hovlisida konflikt chiqqan. 5% bola maktabni vaqtidan tashqari dasturni tashlab ketgan. 48% student noqonuniy ish qilgan. 35% o’g’rilik, 52% qizlarga shilqimlik, 88% foiz ishga olib kirish firibgarligi bo’lgan. Maktab student tanlashda ehtiyotsizlikka yol qoygani uchun vizalarni rad qilamiz deb xitoy, vietnam, angliya, bangladesh, taipei, tailand, indoneziya, myanma, shirilanka, o’zbekiston, kanbodja, hindiston, misr studentlariga viza urib bermagan.
Muammoni eng asosiy keltirib chiqarganlar 69% o’zbekistonliklar, ikkinchi o’rinda vietnam va xitoyliklar ekan. Eng qiziq tomoni bir necha o’zbekistonlik firibgarlarga yem bo’lgandan keyin immigratsiyaga shikoyat bergan ekan. Shilqimlik qilgan o’zbekistonlikni ingliz fuqarosi immigratsiyaga shikoyat jo’natgan. Jabirdiyda ingliz emas balki xitoy taypeyili...
#yaponvizasi #yaponiya #viza #yaponiyavizasi

Видео Yaponiya viza bermay qo'ydi??? канала Rustamjon Khodjiev
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 марта 2018 г. 15:51:52
00:08:07
Яндекс.Метрика