Загрузка страницы

Бу сурани тингланг ва нитижасига узингиз гувохи булинг!

Isro va Me’roj voqeasi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ko‘rsatilgan buyuk bir ilohiy lutf va inoyat edi. Bir-biriga ulanib ketgan bu ikki voqeaning har bir lahzasi, har bir nuqtasi o‘zining lisoni holi bilan Allohning aql bovar qilmas buyukligiga hamda Nabiy alayhissalomga ko‘rsatgani aql bovar qilmas izzatu ikromiga dalolat qilib turadi. 
   “Isro” so‘zi lug‘atda "kechaning bir qismida sayr qilish, yurish" degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa Alloh taoloning kechalardan birida Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Masjidu-l-Haromdan Masjidu-l-Aqsoga sayr qildirishi “Isro” deb ataladi. Yana shuni ham ta’kidlab aytish lozimki, Isro hodisasi tush emas, ruhiy safar ham emas, balki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham jasadlari, ham ruhlari bilan qilgan safarlaridir. Agar tush yoki ruhiy safar bo‘ladigan bo‘lsa, bu voqeaning mo‘’jizaligi qolmas edi. Qur’oni karimda alohida Isro surasi ham bor. 
   Isro voqeasi Islom da’vati tarixidagi eng mashaqqatli va og‘ir damlarda sodir bo‘ldi. Bu davrga kelib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam boshchiliklaridagi oz sonli musulmonlarga nisbatan mushriklarning ozorlari, qiynoqlari kuchaygan, ularni Allohning dinidan qaytarish yo‘lidagi chiranishlari haddidan oshgan edi. Musulmonlar uchun g‘oyatda qiyin bir holat paydo bo‘ldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mushriklarning hujumlaridan himoya qiladigan shaxslar – amakilari Abu Tolib va Hadicha onamiz ham vafot etgan edi. Ana shunday og‘ir bir paytda Isro va Me’roj hodisasi ro‘y berdi. Alloh taolo Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Makkai mukarramadan kechasi bir zumda Baytul Maqdisga olib bordi va u yerdan Me’rojga olib chiqdi. Bu esa u zot sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar uchun katta tasalli edi. Noumidlik kayfiyatini so‘ndirib, umid uchqunlarini alanga oldirish edi. 
    Ayni chog‘da, Isro voqeasi kishilar imonini sinashning omili ham edi. Har bir narsaga moddiy mo‘’jiza talab qilib turgan mushriklarga bu voqea ortiqcha gap-so‘zlar uchun yana bir qulay fursat bo‘lsa, mo‘min-musulmonman, deb yurganlarning esa imonlari qanchalik mustahkam ekanini sinash uchun zo‘r omil bo‘ldi. Qur’oni karimda Isro mo‘’jizasi Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun ilohiy hurmat, ulug‘ martaba ekani aytiladi, Alloh taoloning qudratiga dalil ekani tushuntiriladi.
    “(O‘z) bandasi (Muhammad)ni, unga mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidi Haromdan (Qudsdagi) Biz atrofini barakotli qilgan Masjidi Aqsoga tunda sayr qildirgan Zot pokdir. Darhaqiqat, U Same’ (eshituvchi) va Basir (ko‘ruvchi)dir”. (Isro surasi, 1-oyat). Oyati karimada Alloh taolo O‘zini O‘zi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, ya’ni kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida xabar bermoqda. Odatda Alloh taolo buyuk ishlarni zikr qilganda O‘zini poklab yod etadi, yoxud O‘z nomiga qasam ichadi. 
     Ibnul Qayyim aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Jabroil alayhissalom bilan birga Masjidul-Haromdan Baytul-Maqdisga Buroqda sayr qildirilganlar. Sayrga faqat ruhlari emas, jasadlari ham chiqqanligi to‘g‘riroq. O‘sha yerga tushib, buroqni masjidning halqasiga bog‘lab, payg‘ambarlarga imom bo‘lib namoz o‘qidilar. Keyin u kishi shu kechada Baytul-Maqdisdan dunyo osmoniga olib chiqib ketildilar. Jabroil alayhissalom eshikni qoqdilar va eshik ochildi. Bu osmonda insoniyat otasi Odam alayhissalomni ko‘rib, salom berdilar. Odam alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg‘ambarligini tan olib, “marhabo ey solih farzand, solih payg‘ambar!”, deya olqish bilan kutib oldilar. Alloh taolo u kishiga Odam alayhissalomning o‘ng tarafida baxtiyorlar ruhlarini, so‘l tomonida esa baxtiqarolarning ruhlarini ko‘rsatdi. Keyin u zot ikkinchi osmonga olib chiqildilar. U yerda Yahyo ibn Zakariyo va Iso ibn Maryamni ko‘rib, ularga salom berdilar. Ular salomga alik olishib, payg‘ambarliklarini tan olishib, marhabo, deya iliq kutib olishdi. Keyin u zot uchinchi osmonga olib chiqildilar. U yerda Yusuf alayhissalom bilan ko‘rishdilar. U kishiga husn va chiroyning yarmi berilgan ekan. Keyin u zot to‘rtinchi osmonga olib chiqildilar. U yerda Idris alayhissalomni ko‘rib, salom berdilar. U kishi ham payg‘ambarliklarini tan olib, marhabo, deya qarshi oldilar. Keyin beshinchi osmonga olib chiqildilar. U yerda Horun ibn Imronni ko‘rib, salom berdilar. U kishi ham payg‘ambarliklarini tan olib, marhabo, deya peshvoz chiqdilar. Keyin oltinchi osmonga olib chiqildilar. U yerda Muso ibn Imronni uchratib, salom berdilar. U kishi ham payg‘ambarliklarini tan olib, “xush keldingiz!”, deya chiroyli kutib oldilar. Uning yonidan o‘tib ketgan paytlarida Muso alayhissalom yig‘ladilar. "Nima uchun yig‘layapsiz?" deyishganida, "Mendan keyin payg‘ambar bo‘lgan bolaning mening ummatimdan ko‘ra ko‘proq ummati jannatga kirarkan, deb yig‘layapman", deb javob berdilar. 
     

Видео Бу сурани тингланг ва нитижасига узингиз гувохи булинг! канала QALBDA IYMON
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 октября 2021 г. 8:31:27
00:25:36
Другие видео канала
Хамма дардга шифо сура! Танадаги касалликлар ва  куз тегиши | дуоларХамма дардга шифо сура! Танадаги касалликлар ва куз тегиши | дуоларМана бу дуо сизга бахт бойлик ризк келтиради!Ин шаа АллохМана бу дуо сизга бахт бойлик ризк келтиради!Ин шаа АллохФОТИХА СУРАСИ, ОЯТАЛ КУРСИ, ИХЛОС СУРАСИ, ФАЛАК СУРАСИ,АН НАС СУРАСИ.ФОТИХА СУРАСИ, ОЯТАЛ КУРСИ, ИХЛОС СУРАСИ, ФАЛАК СУРАСИ,АН НАС СУРАСИ.нима УЧУН Огир иш киладиганлар БОЙ булмайди Сабаби бор Солихон Домла Абдуллох Домла Шукруллох Домланима УЧУН Огир иш киладиганлар БОЙ булмайди Сабаби бор Солихон Домла Абдуллох Домла Шукруллох ДомлаБой қилувчи ва ризқ келтирувчи руқия ва Иш юришиши учун Руқия! Атвуз 2020-12 июн!Бой қилувчи ва ризқ келтирувчи руқия ва Иш юришиши учун Руқия! Атвуз 2020-12 июн!Voqea surasi go'zal qiroat / Воқиъа сураси гўзал қироат / Surah Al-Waqi'a / Сура Аль-ВакиаVoqea surasi go'zal qiroat / Воқиъа сураси гўзал қироат / Surah Al-Waqi'a / Сура Аль-ВакиаУглим мени уриб дабдаламни чикариб уйдан хайдади Она 😭😥 Дарди Солихон Домла Шукруллох Дом AmirxonoffУглим мени уриб дабдаламни чикариб уйдан хайдади Она 😭😥 Дарди Солихон Домла Шукруллох Дом AmirxonoffЁТИШДАН ОЛДИН ЭШИТИНГ ҚАЛБНИ ТОЗАЛАЙДИ РУХНИ ТИНЧЛАНТИРАДИ СИЗНИ МУАММОЛАРДАН ХАЛОС ЭТАДИЁТИШДАН ОЛДИН ЭШИТИНГ ҚАЛБНИ ТОЗАЛАЙДИ РУХНИ ТИНЧЛАНТИРАДИ СИЗНИ МУАММОЛАРДАН ХАЛОС ЭТАДИКасал қилиш сеҳрига қарши Руқия.Эшитинг сизда сеҳр ёки зиён бўлса безовта қилса сиз сеҳирлангансиз!Касал қилиш сеҳрига қарши Руқия.Эшитинг сизда сеҳр ёки зиён бўлса безовта қилса сиз сеҳирлангансиз!ХАММА ДАРДГА ШИФО БУЛГАН СУРА! ТАНАДАГИ КАСАЛЛИК, КУЗ ТЕГИШИ ДУОЛАР ИЖОБАТ БУЛИШИ..ХАММА ДАРДГА ШИФО БУЛГАН СУРА! ТАНАДАГИ КАСАЛЛИК, КУЗ ТЕГИШИ ДУОЛАР ИЖОБАТ БУЛИШИ..Йаасийн (Ёсин) сураси. Yaasiyn (Yosin) surasi. (go'zal qiroat) Surah YaseenЙаасийн (Ёсин) сураси. Yaasiyn (Yosin) surasi. (go'zal qiroat) Surah YaseenQabrda birinchi kun nima voqealar buladi|nuriddin hoji domlaQabrda birinchi kun nima voqealar buladi|nuriddin hoji domlaБақара Сураси! Уйга шайтон кирмайди ва барака ёгиладиБақара Сураси! Уйга шайтон кирмайди ва барака ёгилади7 КУНДА БОЙЛИК СИЗНИ УЗИ ҚУВИБ ЮРАДИ бойлик дуоси Дуолар зикр7 КУНДА БОЙЛИК СИЗНИ УЗИ ҚУВИБ ЮРАДИ бойлик дуоси Дуолар зикрАллоҳ сизга энг қийин муаммоларни енгишга ёрдам беради, кучли дуо | дуоларАллоҳ сизга энг қийин муаммоларни енгишга ёрдам беради, кучли дуо | дуоларБакара сураси.Уйга шайтон инс жинс кирмайди ва барака ёгилади.Бакара сураси.Уйга шайтон инс жинс кирмайди ва барака ёгилади.БАРАКА, РИЗҚ, ОМАД, БОЙЛИК, ЖАННАТ, «ҚУРЪОН 30жуз», ҲАР КУНИ ТИНГЛАНГ 10 - СОАТ, КОРАН ПОЛНОСТЬЮБАРАКА, РИЗҚ, ОМАД, БОЙЛИК, ЖАННАТ, «ҚУРЪОН 30жуз», ҲАР КУНИ ТИНГЛАНГ 10 - СОАТ, КОРАН ПОЛНОСТЬЮҚАЙСИ САБАБДАН СИЗ НЕЧА ЙИЛ КАМ ЯШАЙСИЗ ШУ ХАҚИДА ДОКТОР ИСЧАНОВҚАЙСИ САБАБДАН СИЗ НЕЧА ЙИЛ КАМ ЯШАЙСИЗ ШУ ХАҚИДА ДОКТОР ИСЧАНОВQALBLARGA OROM BERUVCHI QURAN KARIM GO'ZAL QIROAT ESHITIB OROM OLIG |GOʻZAL QIROATQALBLARGA OROM BERUVCHI QURAN KARIM GO'ZAL QIROAT ESHITIB OROM OLIG |GOʻZAL QIROATУЙНИ ЖИН-ШАЙТОН, СЕХР-ЖОДУДАН ТОЗАЛОВЧИ СУРА. УЙИНГИЗДА БУ СУРАНИ ЎҚИБ ҚУЙИБ ЮРИНГ!УЙНИ ЖИН-ШАЙТОН, СЕХР-ЖОДУДАН ТОЗАЛОВЧИ СУРА. УЙИНГИЗДА БУ СУРАНИ ЎҚИБ ҚУЙИБ ЮРИНГ!
Яндекс.Метрика