Загрузка страницы

Gumboldt universiteti talabalari Navoiy gʼazallaridan namunalar oʼqidi

Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakilligi Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʼishlab adabiy kecha tashkil qildi.

Gumboldt universitetining Markaziy Osiyo boʼlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Gumboldt universitetining oʼqituvchi va talabalari hamda Berlin shahridagi oliy oʼquv yurtlarida tahsil olayotgan o`zbek yoshlari ishtirok etdi.

Gumboldt universitetining Markaziy Osiyo boʼlimi talabalari oʼzlarining oʼzbek xalqi madaniyati va tilini oʼrganishga boʼlgan ishtiyoqlari haqida, yaqinda Samarqandda bir oylik oʼquv kursidan olgan taassurotlari toʼgʼrisida gapirib berdi. Shuningdek, Аlisher Navoiy gʼazallaridan namunalar oʼqib, tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.



Tadbir soʼngida Gumboldt universitetining Markaziy Osiyo boʼlimida “Oʼzbek tili doʼstlari” klubini tashkil etish hamda nemis va oʼzbek yoshlari ishtirokida turli ilmiy-madaniy tadbirlar oʼtkazib borish boʼyicha kelishib olindi.

Видео Gumboldt universiteti talabalari Navoiy gʼazallaridan namunalar oʼqidi канала O'zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 октября 2019 г. 17:20:50
00:02:00
Яндекс.Метрика