Загрузка страницы

Fransiyadan deportatsiya qilingan o‘zbek Farg‘ona IIBda tergov qilinmoqda

Ўтган ҳафта Франциядан Ўзбекистонга депортация қилинган Муҳсинжон Аҳмедов Фарғона шаҳар ИИБда тергов қилинмоқда.

Ўзбекистонда диний экстремизмда айбланиб қидирувга берилган 39 яшар Аҳмедов 2020 йил апрелида Францияда юз берган ёнғинда бир кекса французнинг ҳаётини қутқариб қолиши ортидан француз матбуотида қаҳрамонга айланганди.

Франциянинг Монтеро шаҳри фахрий медали билан тақдирланган ўзбекистонликнинг бошпана сўровини минглаб французлар қўллаб-қувватлашган, аммо охирги дақиқагача давом этган петиция француз миграция расмийларининг Аҳмедовни депортация қилиш қарорини ўзгартира олмади.

Инсон ҳуқуқлари фаоллари ватанида диний-сиёсий мотивлар билан айбланган Аҳмедовнинг 14 ноябрь куни Франциядан қийноқ қўлланадиган Ўзбекистонга қайтарилишини халқаро ҳуқуқнинг қўпол бузилиши, дея қоралашмоқда.

🔴 https://t.me/ozodlikkanali kanaliga obuna bo'ling!

🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 @ozodnews

O‘tgan hafta Fransiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan Muhsinjon Ahmedov Farg‘ona shahar IIBda tergov qilinmoqda.

O‘zbekistonda diniy ekstremizmda ayblanib qidiruvga berilgan 39 yashar Ahmedov 2020 yil aprelida Fransiyada yuz bergan yong‘inda bir keksa fransuzning hayotini qutqarib qolishi ortidan fransuz matbuotida qahramonga aylangandi.

Fransiyaning Montero shahri faxriy medali bilan taqdirlangan o‘zbekistonlikning boshpana so‘rovini minglab fransuzlar qo‘llab-quvvatlashgan, ammo oxirgi daqiqagacha davom etgan petitsiya fransuz migratsiya rasmiylarining Ahmedovni deportatsiya qilish qarorini o‘zgartira olmadi.

Inson huquqlari faollari vatanida diniy-siyosiy motivlar bilan ayblangan Ahmedovning 14 noyabr kuni Fransiyadan qiynoq qo‘llanadigan O‘zbekistonga qaytarilishini xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi, deya qoralashmoqda.

Uzbek | Uzbekistan | O'zbekiston | O'zbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #qochqin #france #fransiya #qahramon #uzbek #uzbekistan

Видео Fransiyadan deportatsiya qilingan o‘zbek Farg‘ona IIBda tergov qilinmoqda канала Ozodlik Radiosi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
22 ноября 2023 г. 21:01:40
00:12:35
Яндекс.Метрика