Загрузка страницы

Teslaning iqtiboslari, Hikmatli so'zlari-Olimlarning Eng katta Xatosi bu...

Nikola Tesla (serbcha: Никола Те́сла, inglizcha: Nikola Tesla, 10-iyul 1856 — 7-yanvar 1943) serb-amerikalik ixtirochi, mexanik va elektr muhandis boʻlgan. U kunimizda keng tarqalgan oʻzgaruvchan tokli elektr tizimiga asos solgan. Michael Faraday nazariyalariga tayanib, Tesla elektromagnetizmda inqilobiy kashfiyotlar ochdi. U shuningdek simsiz aloqa va radioga asos soldi.

TESLA (Tesla) Nikola (1856—1943) — elektrotexnika va radiotexnika sohalaridagi serb olimi. 1884-yildan boshlab AQSHda ilmiy ishlarini olib borgan. Aylanuvchi magnit maydoni hodisasini bayon qilgan (1888). Koʻp fazali elektr mashinalarni va koʻp fazali toklarning tarqalish sxemasini ishlab chiqqan. Yuqori chastotali tok texnikasi (generatorlari, transformatorlari, 1891 va boshqalar) yaratuvchisi. Signallar va energiyani Simsiz uzatish mumkinligini tadqiq qilgan.

Avstriya Imperiyasining (hozirda Xorvatiya) Xorvatiya Harbiy Chegarasidagi Smiljan qishlogʻida[ (hozirda Gospić) etnik serblar oilasida Avstriya Imperiyasi fuqarosi oʻlaroq tugʻilgan Tesla keyinchalik Amerika fuqaroligini qabul qildi. 1894-yili radio orqali qisqa masofali simsiz aloqani havola etgani va "Toklar Urushi" gʻolibi boʻlgani uchun u Amerikada ishlagan elektrmuhandislardan eng buyugi sifatida hurmat qozondi. U elektrmuhandislik kashshoflaridan biri boʻlib, uning kashfiyotlari katta ahamiyatga molikdir. Oʻsha paytda Amerikada Tesla eng mashhur olim, deb sanalardi. Tesla 1891-yili elektr qurilmalarni quvvatlash uchun simsiz energiya uzatishni namoyish etdi, qitʼalararo energiya uzatish maqsadida Wardenclyffe Minorasi loyihasini boshladi.

Tesla umrining oxirida odamovi boʻlishni boshladi; New York City mehmonxonasidagi xonasida yakka oʻzi yashab, gohida matbuot uchun gʻayrioddiy iddaolar qilish uchun xalq oldiga chiqardi.[7][8] Shu taʼkidlari va ishlarining sirli tabiati tufayli Tesla ommaviy madaniyatda arxetipik "aqldan ozgan olim" sifatida koʻrila boshladi.U kambagʻallikda vafot etdi.

Видео Teslaning iqtiboslari, Hikmatli so'zlari-Olimlarning Eng katta Xatosi bu... канала Nurli Media IQTIBOSLAR
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
15 июля 2023 г. 18:44:46
00:07:14
Яндекс.Метрика