Загрузка страницы

Bahtiyor Rahmanov - Alla // Бахтиёр Рахманов - Алла

O'xshamaysan kalondimog' birovlarga,
Tavoze-la turishingni sevaman, bas.
Ro'molingga osilgan hov sinovlarga,
Sabr so'rab yurishingni sevaman, bas.

O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib,
Ro'mollilar noyob bo'lib ketgan payti,
Ro'mol o'rab yurishingni sevaman, bas.

O Muslima, seni qanday ona tuqqan,
Bilmam senga bunday iymon kimdan yuqqan.
Hijolatdan nazarimni yerga bukkan
Yerga qarab yurishingni sevaman, bas.

Ishonsang gar termulmadim yuzingga hech,
Ko'zim uzoq boqqan emas ko'zingga hech,
Meni oshiq demasinlar o'zingga hech,
Haqni yaxshi ko`rishingni sevaman, bas.

Desangiz anglasin mardum dilimni,
Yot xalq ham tushunsin, mening tilimni.
Dunyoviy ilmmi, diniy ilmmi,
* "Yaratgan Robbingiz nomi-la o'qing..."

Ko'nglingizda bormi zarracha iymon,
Iymondoshim sizning g'amingiz yeyman.
Yaratgan Robbingiz So'zi-la deyman,
* "Yaratgan Robbingiz nomi-la o'qing..."

O Mastura, charchamagin zikr aytib,
Sendaylar bir kelar yoki kelmas qaytib,
Ro'mollilar noyob bo'lib ketgan payti,
Ro'mol o'rab yurishingni sevaman, bas.

Meni oshiq demasinlar o'zingga hech,
Haqni yaxshi ko'rishingni sevaman, bas.

* Alaq surasi: 1-oyat

Mastura - arabchadan aynan: berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, iffatli.

Zafaryor so'zi.
Bahtiyor Rahmanov musiqasi.

Lyrics: Zafaryor
Music: Bakhtiyor Rakhmanov
Director and actor movie: Bekmurod Xolmaxmatov

Видео Bahtiyor Rahmanov - Alla // Бахтиёр Рахманов - Алла канала Bahtiyor Rahmanov
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 марта 2020 г. 18:52:29
00:04:54
Яндекс.Метрика