Загрузка страницы

“QR kod kvest jumboqli o‘yin”

2021 yil 22 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat Axborot-kutubxona markazida 23 aprel - “Butunjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni” munosabati bilan “QR-kod kvest jumboqli o‘yin” o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmal Abdurazaqov so’zga chiqib o‘yin haqida ishtirokchilarga tushuncha berdi. Ushbu qiziqarli va jumboqli o‘yinida AKMning 18-25 yoshgacha bo‘lgan eng faol foydalanuvchilari ishtirok etishdi. Elektron resurslar va ulardan foydalanish sektor mudiri Islom Rustamov kvest o‘yinini guruhlar o‘rtasida olib bordi. “QR-kod kvest jumboqli o‘yin”da ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.

Guruh nomlari:

1. Lochinlar
2. Yosh bilimdonlar
3. Everest

Guruh “QR-kod kvest jumboqli o‘yini”da mobil qurilmalardan foydalangan holda 5 ta shart bo‘yicha bellashishdilar. Bir-biridan qiziqarli jumboqli savollar qatnashchilarni o‘yinga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi.

O‘yin so‘ngida “Lochinlar” guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ishtirok etgan barcha guruhlarga AKM rahbariyati tomonidan diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘yin ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

Kvest o‘yinini o‘tkazishdan maqsad – yoshlarni QR kodlar bilan tanishtirish, QR kod o‘qiydigan ilovalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Видео “QR kod kvest jumboqli o‘yin” канала ILCSir Sirdaryo Viloyat Axborot-kutubxona Markazi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
26 апреля 2021 г. 9:53:37
00:01:41
Яндекс.Метрика