Загрузка страницы

Nega BLOKLANDI va nega blokdan YECHILDI? O'zbekistonda Telegram, Facebook, Youtube, OK.ru blokdami?!

00:00 - TikTok, Twitter, VKontakte va Skype – O’zbekistonda cheklangan ijtimoiy tarmoqlar safiga Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki kabi platformalar ham qo’shilishiga bir bahya qoldi. Bilgandirsiz, 3-noyabr kuni kechki vaqtda “O‘zkomnazorat” yuqoridagi tarmoqlarni bloklashga ham, soat 21:30 larda cheklovlarni olib tashlashga ham ulgurdi. Sezmay ham qolgan bo’lsangiz, siz uchun xursandmiz.

00:23 - Ammo ta’qiq qo’yilgan 2-3 soat vaqt ichida hayotini internetsiz tasavvur qila olmaydigan, millionlab obunachilarga ega bloger-u, vlogerlar, hattoki faoliyatini Telegramsiz davom ettira olmaydigan turli ishchilar ham o’zlarini qo’yarga joy topisholmadi. Shu qatorda o’zimiz ham.
Bu vaqt internetdagi PR uchun katta harajat qilib yuborgan marketing kompaniyalari ham hayratdan yoqa ushlashdi.

00:53 - Google Play va AppStore do’konlarida ta’qiqlarni chetlab o’tuvchi VPN-ilovalar yuklab olinishi bo’yicha TOPga chiqdi. Telegram messenjeriga PROXYlar o’rnatila boshlandi va yaqinlari bilan aloqani tiklash uchun odamlar biroz eskirgan SMS va oddiy qo’ng’iroqlar rejimiga qaytdi.

01:09 - Soat 21:37 - O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Telegram kanaliga post joyladi:
«Hukumat ko‘rsatmasiga asosan «O‘zkomnazorat» tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilingan harakat haqida Prezident xabar topdilar. O‘ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi».
Bu vaqtga kelib esa hamma ijtimoiy tarmoqlar sekin-asta o’z ish faoliyatini o’nglab olayotgandi.

01:31 - Sherzod Asadovning aytishicha, «Prezident topshirig‘iga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev noto‘g‘ri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi, ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib boriladi».

01:50 - Surishtiruv ishlari davom etmoqda. Ammo ba’zi foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi fikriga ko’ra, 1 kun o’tib, hali ham YouTube kabi saytlarning ishlashida biroz nosozliklar saqlanib qolgan.

02:00 - Bo’lib o’tgan voqealardan xulosa qilib aytish mumkin-ki, xorijning yirik ijtimoiy tarmoqlari Respublikamiz fuqarolari haqidagi ma’lumotlarini saqlaydigan serverlarini O’zbekistonga ko’chirmagan taqdirda ular cheklanadigan bo’lsa ham, undan avval shu platformalarning analogini ishlab chiqib, yurtdoshlarimiz foydalanishlari uchun taqdim etish kerak. Shunda muhim ishlar ham to’xtab qolmaydi, shaxslarning ma’lumotlari xavfsiz saqlanadi va o’zimizning mukammal ijtimoiy tarmog’imiz bo’lsa, chakki bo’lmasdi albatta.

02:27 - Bu borada siz qanday fikrdasiz? Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda muammolar yo’qmi? Javoblaringizni Telegramdagi @hashtaguz kanalimizda kutamiz. Hozircha ishlab turibdi, bemalol obuna bo’lishingiz mumkin.

-----------------------------------------

👋🏻 Salom! Meni ismim Jaloliddin Mirzayev. Men kam sonli O'zbek texno bloger/vlogerlaridan biriman hamda "Mening yurtim" (MY5) telekanalidagi #HASHTAG ko'rsatuvi muallif-boshlovchisiman. "JM BLOG" kanalimga obuna bo'ling va eng so'nggi, sara texnoxabarlar video tariqasida sizni gadjetingizga birinchi bo'lib boradi. :)

🔔 Qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'ying, shunda siz bizning eng yangi videolarimizni o'tkazib yubormaysiz! (Qo'ng'iroqcha tugmasi 🔔 Подписаться belgisi oldida joylashgan).

#ijtimoiytarmoqlar #bloklandi #uzbekistan
-----------------------------------------
📲 Biz ijtimoiy tarmoqlarda faolmiz:
- instagram.com/jaloliddinjm
- facebook.com/jaloliddinjm
- instagram.com/hashtaguz
- tt.com/@hashtaguz
- t.me/hashtaguz
- t.me/jmedia
- www.jm.uz

Видео Nega BLOKLANDI va nega blokdan YECHILDI? O'zbekistonda Telegram, Facebook, Youtube, OK.ru blokdami?! канала JM Blog
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 ноября 2021 г. 21:04:38
00:02:38
Другие видео канала
26 ноября 2023 г.26 ноября 2023 г.👉 45DBAPHC 👈 Yangi promokod! Yandex Eats'da 90 000 so'mlik zakazga -45 000 so'm SKIDKA! #promokod👉 45DBAPHC 👈 Yangi promokod! Yandex Eats'da 90 000 so'mlik zakazga -45 000 so'm SKIDKA! #promokodTekinga Telegram Premium yutib oling! Kanallarda endi konkurs o'tkazish mumkinTekinga Telegram Premium yutib oling! Kanallarda endi konkurs o'tkazish mumkinOxiri nima bo'ldi?! 😱 Yangi smartfonda YONG'OQ CHAQDIK va uni SUVGA SOLDIK...Oxiri nima bo'ldi?! 😱 Yangi smartfonda YONG'OQ CHAQDIK va uni SUVGA SOLDIK...Barcha texno blogerlar bir manzilda: Infinix Hot 30 taqdimot marosimiBarcha texno blogerlar bir manzilda: Infinix Hot 30 taqdimot marosimiRedmi Note 12/Pro/Pro+ ARZON TELEFON emasmi? | Xiaomi roboiti bilan yaqindan tanishuvRedmi Note 12/Pro/Pro+ ARZON TELEFON emasmi? | Xiaomi roboiti bilan yaqindan tanishuviPhone'ga ham yer qimirlashidan xabar keladi!iPhone'ga ham yer qimirlashidan xabar keladi!Shu oydan boshlab Oʻzbekistonning hamma hududida 5G boʻladimi?!Shu oydan boshlab Oʻzbekistonning hamma hududida 5G boʻladimi?!Do'stimiz Farhodni joyi Jannatdan bo'lsin! Duodamiz...Do'stimiz Farhodni joyi Jannatdan bo'lsin! Duodamiz...HONORning ENG ZO'R kemarali Magic5 Pro flagmeni | 1200 yevroga arziydimi?HONORning ENG ZO'R kemarali Magic5 Pro flagmeni | 1200 yevroga arziydimi?4G O'zbekistonning hamma hududini qachon qoplaydi? Tez orada vaziyat yaxshilanishi mumkin...4G O'zbekistonning hamma hududini qachon qoplaydi? Tez orada vaziyat yaxshilanishi mumkin...Barselonada MWC 2023 boshlandi! Xo'sh, nimalarni kutish mumkin?Barselonada MWC 2023 boshlandi! Xo'sh, nimalarni kutish mumkin?Samsung Galaxy S23 Ultra vs. iPhone 14 Pro Max | Qaysi birini sotib olish kerak?Samsung Galaxy S23 Ultra vs. iPhone 14 Pro Max | Qaysi birini sotib olish kerak?Mana shunday qilib tasvirga olamiz har bir videoni 😉Mana shunday qilib tasvirga olamiz har bir videoni 😉Galaxy S23 Ultra haqidagi video joylandi! #shortsGalaxy S23 Ultra haqidagi video joylandi! #shortsSamsung Galaxy S23 Ultra O'zbekistonda! | Sotib olishga arziydimi?Samsung Galaxy S23 Ultra O'zbekistonda! | Sotib olishga arziydimi?Bu ko'rsatuv TVga chiqmadi! Nega bu soni ham efirga ketmadi? 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 13-soniBu ko'rsatuv TVga chiqmadi! Nega bu soni ham efirga ketmadi? 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 13-soniSalikh Prod va Ziyosh qaysi ko'rsatuvga chiqqanidan AFSUSDA?! 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 12-soniSalikh Prod va Ziyosh qaysi ko'rsatuvga chiqqanidan AFSUSDA?! 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 12-soniZebo Raximova, Umid Vinees va LiikaXO nimani talashishdi? 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 11-soniZebo Raximova, Umid Vinees va LiikaXO nimani talashishdi? 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 11-soniYangi yilga 5 daqiqa qolganda uxlab qoladigan Abdurakhim Grid 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 10-soniYangi yilga 5 daqiqa qolganda uxlab qoladigan Abdurakhim Grid 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 10-soniKamalak rang zebra, yangi "kaola" jonivori qizil, delfin va hokazo 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 9-soniKamalak rang zebra, yangi "kaola" jonivori qizil, delfin va hokazo 🎅🏻 #HappyTime 2022-yildagi 9-soni
Яндекс.Метрика