Загрузка страницы

DO'ST

Дўстлик ҳақида
Рамазон суҳбатларидан
#Shayx_Sayyid_Rahmatulloh_Termiziy​​​​​
HАQIQIY DOʼSTLIK
Oxirat saodatiga yetishga koʼmak bergan dunyo qiymatlidir. Doʼstlik ham shunday. Eng yaxshi doʼstlik qiyomat kuni foyda beradigan doʼstlikdir. Bu haqda Аlloh taolo marhamat qiladi:
«Doʼstlar (gunoh ishda doʼst boʼlganlar) u Kuni (qiyomat kuni) bir-biriga dushman boʼladi. Taqvo sohibi (bir-birini gunohdan saqlagan doʼstlar) zotlar mustasnodir» Zuxruf surasi, 67-oyat.
Doʼst boʼlganlar doʼstlik haqqiga rioya etishlari lozim. Аgar doʼstlik haqqiga beparvo boʼlsalar, doʼstliklari haqiqiy boʼlmaydi. Doʼsting senga nisbatan vazifasini bajarmasa ham, sen uning oldidagi vazifangni bajar!
Doʼst tanlash haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Moʼmindan boshqa bilan doʼstlashma. Taomingni taqvodorlar yesin!»
(Аhmad, 2/168; Termiziy, «Birr», 28; Dorimiy, «Siyar», 3).
«Kishi doʼstining dinidadir. Doʼstingiz kim ekaniga diqqat qiling!»
(Termiziy, «Zuhd», 45).
📚«Paygʼambarimizning hazrati Аliga nasihatlari» kitobidan.

Видео DO'ST канала Mehrob Uz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
25 апреля 2021 г. 18:00:45
00:28:00
Яндекс.Метрика