Загрузка страницы

SAVODXONLIK BAYRAMLARI | Uralova.uz

Shahrimizdagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida qishki ta`til kunlarida savodxonlik bayramlari bo`lib o`tdi. Maktabdagi 6ta 1-sinfning har birida o`tgan bu tantanalar o`quvchilar va ota-onalar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz.
Beg`ubor bolalikning eng ajoyib, esda qolarli bu kuni jajji bilimdonlar xotirasida ham unutilmas voqea bo`lib qoladi. Jajji qalb sohiblari hayotning lik kitobi bo`lgan “Alifbe” kitobini o`qib tugatdilar. Barcha bilimlarga, boshqa barcha kitoblarga debocha bo`lgan bu kitob tilsimlarni ochuvchi kalit bo`lib hisoblanadi. Bayram tadbirlari bir-birini takrorlamaydigan ajoyib chiqishlarga boy bo`ldi. O`quvchilar bu bayramni intizorlik bilan kutdilar, she`rlar yodlab, qo`shiqlar o`rganib, turli musiqalarga raqsga tushdilar.
O`quvchilarning jo`r bo`lib aytgan mana bu she`ri dillarni hayajonga soldi:
Mana endi “Alifbo”dan
Chiqib qoldi savodim.
Bag`ishlayman senga Vatan,
Bor bilimim sabotim.
Diyorim hur O`zbekiston
Eng buyuk yurt bo`lajak,
Kutar meni baxtli davron,
Go`zal porloq kelajak.

Видео SAVODXONLIK BAYRAMLARI | Uralova.uz канала Uralova uz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 февраля 2018 г. 1:17:17
01:20:15
Яндекс.Метрика