Загрузка страницы

Qazo namozi o'qish tartibi, qazo namozi qanday o'qiladi, qazo namozi qaysi vaqt o'qiladi

Qazo namozi - oʻz vaqtida oʻqiy olmay keyin oʻqilgan namoz. Qazo namozini oʻqiydigan kishi bir marta azon aytib soʻngra har qazo namozi orasida takbir aytadi. Lekin, qazo namozlarida faqat farz oʻqiladi Xufton namozidagi vitr namozi ham qazo sifatida oʻqiladi. 1 kunning 5 vaqt namozi qazo boʻlgan boʻlsa ularni bomdod namozidan boshlab xufton namozigacha oʻz tartibi bilan qazosi oʻqiladi!

— Yoshim 60 ga yaqinlashyapti. Namoz o‘qiy boshlaganimga 20 yillar bo‘ldi. Men avval o‘qimagan namozlarim qazosini qanday o‘qishim kerak? Hozirgi namozlarga qo‘shib o‘qiymanmi yoki faqat farzini o‘qisam yetadimi?

— Namozning faqat farzlari va Vitr vojib namozi qazo qilinadi. Sunnat namozlar qazo qilinmaydi. Qazo o‘qimoqchi bo‘lgan inson har bir kundalik farz namozidan oldin o‘sha namozning qazosidan ham o‘qib borsa, har kuni bir kunlik qazo bajargan bo‘ladi. Yoki kunning yo kechaning ma’lum bir vaqtini ajratib olib, bir yo‘la tartib bilan: Bomdod, Peshin, Asr, Shom, so‘ngra Xufton va Vitrni qazo qilsa ham bo‘ladi. Bunda agar ikkitadan qazo namoz o‘qisa, ikki kunlik qazo namozi soqit bo‘ladi. Mana shu zaylda, oylar, yillar davomida bir necha yillik qoldirilgan namozlarni qazo qilish mumkin.

Sizga o‘xshab o‘n yil, undan ortiq yoki kam muddatdagi ko‘plab namozlarni tark qilgan kishilar ushbu tartibga amal qilishlari kerak.

Har namozning vaqtida bir-ikkita qazoni o‘qib borsangiz ham bo‘ladi. Bunda o‘zingizga oson bo‘lishi uchun, har namozda uni “oxirgi yoki birinchi qoldirilgan namoz” deb qasd qilasiz. Masalan, “birinchi qoldirgan Bomdodim” yoki “oxirgi qoldirgan Bomdodim”, deb niyat qilasiz. Asr va Shom namozlari orasida qazo namoz o‘qish joiz.

KANALGA HOMIYLIK QILING VA KANAL RIVOJI UCHUN O'Z HISSANGIZNI QO'SHING:

UzKart: 8600 0207 5308 2192
VISA: 4231 2000 0913 6739

Видео Qazo namozi o'qish tartibi, qazo namozi qanday o'qiladi, qazo namozi qaysi vaqt o'qiladi канала ZIKRULLOH TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 мая 2022 г. 20:18:18
00:12:05
Яндекс.Метрика