Загрузка страницы

RTdan va'z? Qaysar eshakni kim aldadi?

Hazratim, ochlikdan o‘ldim, egani non ber menga,
Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, bahmon ber menga.
Mosh-u bug‘doy-u guruch berkim, shular menga kerak,
Hech aytmasman aqiq-u la’lu marjon ber menga.

Bu radifli she’r 19-asr boshida Qo‘qonda bitilgan. Muallif - ochlikdan tinkasi qurigan Gulxaniydir.

Oz vaqt hammomda o‘t yoquvchi — go‘laxlix qilgani uchun Gulxaniy taxallusini olgan. Keyinchalik Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo‘lgan.

Gulxaniy bir necha yil Olimxon saroyida navkar bo‘lib xizmat qilib, janglarda qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ammo xondan muruvvat ko‘rmadi. Ochlik, yupinlik, muhtojlik uning hamrohi bo‘lib qolaverdi. U xondan aqiqu la’lu marjon emas, bor-yo‘g‘i moshu bug‘doyu guruch so‘ragandi. Chunki u paytlar iste’mol savati degan tushuncha yo‘q edi.

Oradan ikki yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgan esa-da, O‘zbekistonda haliyam iste’mol savati qanchani tashkil etishi borasidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor etmaslik afzal ko‘riladi.

Видео RTdan va'z? Qaysar eshakni kim aldadi? канала El Tuz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 ноября 2020 г. 20:00:28
00:20:01
Яндекс.Метрика