Загрузка страницы

Hamza. Boy ila xizmatchi. Radiospektakl (1953) - Xurshid Davron kutubxonasi

Sahifa Hamza Hakimzoda tavalludining 130 yilligiga bag'ishlanadi. Mazkur spektakl audiofaylini bizga taqdim etgan adabiyotshunos olim Iskandar Madg'oziyevga alohida rahmatimizni aytamiz.

Hamza. Boy ila xizmatchi. Hamza nomidagi teatrda ilk marta 1939 yilda sahnalashtirilgan spektakl asosida 1953 yili O'zbekiston radiosida tayyorlangan radiospektakl.
Sahnalashtiruvchi rejisyor: Yatim Bobojonov.
Bosh Rollarda: Shukur Burhonov, Sora Eshonto'rayeva, Obid Jalilov, G'ani A;zamov

Yangi davr oʻzbek adabiyotining namoyandalaridan biri, shoir va dramaturg, bastakor va rejissyor, maʼrifatparvar-pedagog va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 6 martda Qoʻqon shahrida tabib oilasida tugʻildi. Hamza avval eski maktab va madrasalarda oʻqib, fors, arab tillarini, rus-tuzem maktabida esa rus tilini oʻrganishga muvaffaq boʻlgan.
Hamzaning badiiy ijodga qiziqishi barvaqt boshlangan. Hamza 1903 — 1914 yillar orasida Nihoniy taxallusi bilan 197 ta sheʼr yozib, ularni qoʻlyozma devoni shakliga keltirgan. Bu devonni tashkil etgan sheʼrlarida Hamza oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalarining davomchisi sifatida namoyon boʻladi.

U 1909 — 1910 yillarda Toshkentda boʻlganida Munavvar qori, A. Avloniy, S. Rahimiy singari maʼrifatparvarlar bilan tanishib, ular taʼsirida jadidchilik harakatiga kelib qoʻshiladi. Bu — uch yoʻl bilan amalga oshiriladi. Avvalo, Toshkent, Margʻilon va Qoʻqonda yangi usul maktablarini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun “Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, oʻzining sheʼr va dramalari, publitsistik maqolalarida oʻz xalqini maʼrifatga chorlaydi.
1915 — 1916 yillarda nashr etilgan “Milliy ashulalar” uchun milliy sheʼrlar majmuasi, “Oq gul”, “Qizil gul”, “Sariq gul” kabi sheʼriy toʻplamlarida va “Yangi saodat” kabi nasriy asarlarida uning maʼrifatparvarlik gʻoyalari toʻla namoyon boʻlgan. Hamza shu davrda yozilgan “Yigʻla, Turkiston”, “Oqibatsiz Turkiston”, “Vatandoshlarimga xitob”, “Dardiga darmon istamas” kabi sheʼrlarida xalqning “ruhsiz tandur, xanjar ursa qoni sochulmas” holiga kelganligidan oh-zor chekadi, uni xurofot va jaholat botqogʻidan chiqib, taraqqiy etgan xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Shuningdek, “Ilm hidoyati”, “Normuhammad domlaning kufr xatosi”, “Oʻch” va “Zaharli hayot” kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofotdan xalos boʻlishning birdan-bir yoʻli maʼrifatdadir, degan fikrni olgʻa surishga harakat qiladi.
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish voqealari ham oʻz aksini topadi. Uning “Safsar gul” (1917) sheʼriy toʻplami va “Loshman fojeasi” (1916 — 1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir.
1917 yil fevral inqilobidan keyin Hamza dunyoqarashida oʻzgarish paydo boʻlib, u goh ishchilar, goh muxtoriyatchilar tarafiga oʻtadi. Turkiston muxtoriyati tor-mor etilgandan keyin bolsheviklar tarafiga oʻtib, sayyor dramatik truppasi bilan fuqarolar urushi frontlarida xizmat qiladi va 1917 yilda yozgan “Boy ila xizmatchi” dramasini hamda inqilobiy sheʼrlarini yozadi.
Bu davrda u “Kim toʻgʻri” (1918), “Tuhmatchilar jazosi” (1918) singari pyesalarini yozadi.
Faoliyat doirasi benihoya keng boʻlgan Hamza 20-yillarning boshlarida Xorazm Xalq Jumhuriyatiga borib, maktab va maorif ishlari bilan shugʻullanadi. U yerdan qaytgach, faqat ijodiy ishlar bilan mashgʻul boʻlish istagida Avval qishlogʻiga boradi va dramatik ijodining gultoji boʻlgan “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari” (1926) asarlarini yaratadi.
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda madaniy-oqartuv ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shugʻullanadi. 1929 yil 18 martda u shu yerda fojeali halok boʻladi.
1926 yil 27 fevralida Hamzaga birinchilardan boʻlib “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan. Hamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima etilgan.

Видео Hamza. Boy ila xizmatchi. Radiospektakl (1953) - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
27 февраля 2019 г. 23:58:14
01:54:20
Другие видео канала
Toshkentga sayohat (Тошкентга Саёхат)Toshkentga sayohat (Тошкентга Саёхат)Abdulla Qodiriy. O'tgan kunlar. Radiospektakl. 3 qism - Xurshid Davron kutubxonasiAbdulla Qodiriy. O'tgan kunlar. Radiospektakl. 3 qism - Xurshid Davron kutubxonasiZafarbek Qurbonboyev - 7 uxlab | Зафарбек Курбонбоев - 7 ухлаб #UydaQolingZafarbek Qurbonboyev - 7 uxlab | Зафарбек Курбонбоев - 7 ухлаб #UydaQolingOybek. Qutlug' qon. Radiospektaklning 1-qismi - Xurshid Davron kutubxonasiOybek. Qutlug' qon. Radiospektaklning 1-qismi - Xurshid Davron kutubxonasi"Жимжитлик" Романи асосида родио эшиттириш.Саид Ахмад"Жимжитлик" Романи асосида родио эшиттириш.Саид АхмадOna lochin vidosi. Pirimqul Qodirov.  Audioroman. 1-bo’lim - Xurshid Davron kutubxonasiOna lochin vidosi. Pirimqul Qodirov. Audioroman. 1-bo’lim - Xurshid Davron kutubxonasiОйна.радио эшиттириш.Учкун НазаровОйна.радио эшиттириш.Учкун НазаровMehrobdan chayon (o'zbek film) | Мехробдан чаён (узбекфильм) 1973 #UydaQolingMehrobdan chayon (o'zbek film) | Мехробдан чаён (узбекфильм) 1973 #UydaQolingO'n sakkizga kirmagan kim bor. Shukur Xolmirzayev asari. Radiokitob - Xurshid Davron kutubxonasiO'n sakkizga kirmagan kim bor. Shukur Xolmirzayev asari. Radiokitob - Xurshid Davron kutubxonasiErkin Vohidov. Donishqishloq hangomalari. Radiospektakl - Xurshid Davron kutubxonasiErkin Vohidov. Donishqishloq hangomalari. Radiospektakl - Xurshid Davron kutubxonasiShukur Burhonov.  "Aziz siymolar"  turkumidan  - Xurshid Davron kutubxonasiShukur Burhonov. "Aziz siymolar" turkumidan - Xurshid Davron kutubxonasiOybek. Bolalik xotiralarim. Audioqissa. 1-qism – Xurshid Davron kutubxonasiOybek. Bolalik xotiralarim. Audioqissa. 1-qism – Xurshid Davron kutubxonasiEshqobil Shukur. Sheʼriyat kechasi - Xurshid Davron kutubxonasiEshqobil Shukur. Sheʼriyat kechasi - Xurshid Davron kutubxonasiRevizor. Nikolay Gogol asari. Radiospektakl .2-qism - Xurshid Davron kutubxonasiRevizor. Nikolay Gogol asari. Radiospektakl .2-qism - Xurshid Davron kutubxonasi"Сарик гул"кисса 1-кисм.Нормурод Норкобулов"Сарик гул"кисса 1-кисм.Нормурод НоркобуловXAMZA XAKIMZODA NIYOZIY KIM EDI: DAHRIYMI YO DINDOR?XAMZA XAKIMZODA NIYOZIY KIM EDI: DAHRIYMI YO DINDOR?1001 hadis. Abdulaziz Mansur sharhi. 4-qism — Xurshid Davron kutubxonasi1001 hadis. Abdulaziz Mansur sharhi. 4-qism — Xurshid Davron kutubxonasiMing bir quyosh shu'lasi. Xolid Husayniy. Audioroman. 6-qism  — Xurshid Davron kutubxonasiMing bir quyosh shu'lasi. Xolid Husayniy. Audioroman. 6-qism — Xurshid Davron kutubxonasiPARVONA   (7)PARVONA (7)Oybek. Bolalik xotiralarim. Audioqissa. 3-qism – Xurshid Davron kutubxonasiOybek. Bolalik xotiralarim. Audioqissa. 3-qism – Xurshid Davron kutubxonasi
Яндекс.Метрика