Загрузка страницы

Savol-javoblar || 14.06.2020 || Shayx Sodiq Samarqandiy

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagilardir:
01:08 1. Ustoz, homilador ayol tahorat olib har kuni Yosin surasini tilovat qilsa, tug‘ilajak farzand albatta qori yoki qoria bo‘ladi, deb eshitdim. Shu so‘z qanchalik to‘g‘ri?
05:09 2. Allohning dinini o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatishga judayam harisman. Lekin ancha yillar oldin ko‘zimdan jarohat olib amaliyot qildirganman. Hozir bitta ko‘zim ko‘rmaydi. Ota-onam ilm o‘rganishimga ochiqcha qarshilik qilmasalar ham lekin ko‘zimni o‘ylab ilm olishimga rozi emasliklarini holat tili bilan aytishadi. Atrofimdagi insonlar ham «Vaqtingni ilm olishga sarflasang kelajaging nima bo‘ladi, qaerdan pul topasan?» deb dilimni xira qilishadi. Men bu savollarga javob o‘laroq, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Allohning dinini saqlasang, Alloh seni saqlaydi», degan hadislarini aytaman. «Allohning dinini himoya qilsam, U zotning diniga yordam bersam, Alloh ham meni va ko‘zimni himoya qiladi», deb aytaman. Ular esa «Ko‘zingni asrashing ham Allohning kavniy sunnati, buni inkor qilolmaysan», deyishadi. Ustoz, maslahat bering, qanday yo‘l tutay?
13:52 3. Namozda ba’zan suralarni ovoz chiqarmasdan ichimda o‘qiganimda harflar boshqa harflarga o‘zgarib ketganga o‘xshayapti. Hatto ba’zan suralar esimdan chiqib qolyapti. Namozda suralar esimdan chiqib qolsa, takror eslaganimda kelgan joyimdan davom ettirsam bo‘ladimi yoki namoz buziladimi? Ish joyimizda shovqin bo‘lgan mahal shunaqa bo‘lyapti. Bunday holatda nima qilish kerak, sajdai sahf qilish kerakmi? Salom berishdan avval duo qilib, keyin sajdai sahf qilsa ham bo‘ladimi yoki duo qilgandan keyin sajdai sahf qilish mumkin emasmi?
16:40 4. Farzandlari bor yoshi katta ayol turmushga chiqmoqchi. Ayol ham, erkak ham dinga zid bo‘lmagan ba’zi sabablarga ko‘ra nikohlari haqida ayolning oila a’zolariga bildirmoqchi emas. Buning uchun ayol gunohkor bo‘lib qolmaydimi?
21:33 5. Odamlar yangi imorat qursalar, uning tomiga qo‘y chiqarib so‘yishadi. Shu ish to‘g‘rimi?
25:02 6. Qo‘l bilan taomlanayotganda uch barmoqdan foydalanish sunnatmi? Uch barmoqdan ko‘pida yeyishdan qaytarilgan deb eshitdik. Iltimos, batafsil tushuntirib bersangiz.
29:08 7. Bankka pul omonat qo‘yganman. Yiliga 15 foiz inflyatsiya bo‘ladi. Bank menga 20 foiz ustama beradi. Inflyatsiya xisobiga pulimning qadri yillar davomida tushib ketmasligi uchun o‘sha ustamaning 15 foizini olsam bo‘ladimi?
34:41 8. Onam 68 yoshga kirdilar. Ko‘zlari ko‘rmay qoldi, ko‘zlarida davleniya bor. Namoz o‘qishga qiynaladilar. Nima qilsalar bo‘ladi?
38:53 9. Odamlar bizning xonadonimizga tabarruk xonadon deb qo‘y atab, tashlab ketishadi. O‘sha qo‘yni qassob «bismillah» deb so‘ysa ham Allohdan o‘zgaga atalganligi uchun uni eyish harommi?
43:24 10. Baqara surasining 34- oyatida Alloh taolo maloikalarga odamga sajda qilishni buyuradi. Shunda Iblis sajda qilmagani aytiladi. Shu oyatga ko‘ra Iblis maloikalardan bo‘ladimi? Agar maloika bo‘lmasa, buyruq unga tegishli bo‘lmay qoladimi? Shu oyatni tushuntirib bersangiz.
51:01 11. Imomlikning fazli bormi? Ya’ni imomga o‘tgan odamga savob bo‘ladimi? Bir kishiga imomlik bilan muazzinlikni tanlash ixtiyori berilsa, qay birini tanlashi yaxshiroq bo‘ladi?\
55:39 12. «La solata illa bifotihatil kitob» (Fotiha surasi o‘qilmasa namoz bo‘lmaydi) degan hadisga ko‘ra, 4 rakatli yoki 2 rakatli namoz bo‘lsin, namoz davomida bir marta Fotihani o‘qisa kifoya qiladimi? Chunki uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda Fotihani o‘qish farz emas deb eshitdim.
59:04 13. Bir odam 100 kmlik masofaga borib kelish niyatida ertalab safarga chiqdi. Ishlarini bitirib qaytar ekan, uyiga etishiga 20 kilometrcha masofa qolganida asr namozini o‘qishga to‘g‘ri kelsa, to uyiga etib bormaguncha musofir hukmida bo‘ladimi? Yoki muqim hukmida bo‘lib, uyiga 20 km qolgani uchun namozni to‘liq o‘qiydimi? 95 km masofa qanday hisoblanadi. Ba’zan tikka hisoblaganda 20 kmlik joyga tog‘li hudud bo‘lgani uchun ilonizi yo‘ldan aylanib borilganda 95 km masofa yo‘l bosilsa, safar hukmida bo‘ladimi?
1:03:21 14. Do‘kon yoki bozorlarda ba’zilar sotib olish uchun biron narsani idishga solishadi-da, so‘ng narxi qimmatligini bilishgach, noilojlikdan: «Unday bo‘lsa, kamroq olaman», desa sotuvchilar yuzini burishtirib: «Olmasang nima qilasan vaqtimni olib?!» deyishadi. Aksincha, puldor odamlarning har qancha injiqliklariga chidashadi yoki odamlarning kiyimiga qarab muomala qilishadi. Shundaylarga nasihat qilsangiz.

DAVOMI IZOHLAR BO'LIMIDA...

Видео Savol-javoblar || 14.06.2020 || Shayx Sodiq Samarqandiy канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 июня 2020 г. 14:51:36
01:59:10
Яндекс.Метрика